IMOM SODIQ HAZRAZTLARI(8)



Dovud Raqqi naql qiladi: Men Imom Sodiqning qiyinchilik davrida tavassul qilganlarini ko`rganman. U zot besh nafar

ya`ni  Hazrat Muhammad, Ali, Fotima, Hasan va Husaynlar bilan tavassul qilar edilar.

Molik  -Molikiya mazhabining asoschisi aytadi:

-Men qachon Imom Sodiqning xizmatiga yetishsam u kishi  3 holatdan birida bo`lardilar: namoz  o`qiyotgan yoki sukut saqlayotgan, yoki Qur`on  tilovat qilayotgan bo`lardilar.

Halabi (imomning  yoronlaridan biri) shunday deydi:

"Men Imom Sodiqdan so`radimki, mabodo safarda yoki sovuq kunda shamollashdan qo`rqib kechki namozni vaqtliroq o`qiyversam bo`laveradimi?-u zot :- Ha, men o`zim ham shunday qilaman "-dedilar.

Qachonki Imomning bironta hojatlari bo`lsa, namoz va ruku`siz to`g`ridan-to`g`ri sajdaga borib, yetti marta "Yo arhamar rohimin" deb ,  so`ng esa hojatlarini aytar edilar.

Muoviya bin Ammor aytadi: Imom Sodiqning ipakdan bo`lgan sariq rangli xaltachalari bo`lib, uning ichida Karbalo tuprog`i solingan edi. Nanoz payti bo`lishi bilan, Hazrat shu tuproqdan sajda qiladigan joylariga to`kib, uning ustiga sajda qilar edilar.

Abu Abdulloh hikoya qiladi: Imom Sodiq multazamga yetib borganlarida ( Ka`baning eshigi va hajarul asvad oralig`idagi bo`lgan joy) yonlaridagi g`ulomlariga qarab, meni xoli qo`yinglar, mening Allohga aytadigan sirim bor, men qilgan gunohlarimga iqror bo`lmoqchiman, zero, bu makonda kimki tavba qilsa, Xudovand tarafidan kechirilgaydir"-der edilar.

Abdurahmon bin Hajjoj naql qiladi: Imom Sodiq kechaning oxirgi qismida uyqudan uyg`onib, baland ovoz  bulan quyidagi duoni o`qir edilar: "Xudoyo, dahshatli kunning qo`rqinchida menga yordam ber, qabrimni keng qil, o`limdan oldin va undan



back 1 2 3 next