IMOM SODIQ HAZRAZTLARI(8)keyin menga xayriyat ato qilgin" Qachonki Imom Sodiq ro`za tutsalar, o`zlariga atir sepib xushbo`ylanar edilar va '' Xushbo`ylik – ro`zadorning hadyasidir"-der edilar. Hishom bin Solim aytadi: Yarim kechada Imom Sodiqpul, non, go`sht solingan qopni yelkalariga ortib, Madina shahrining muhtojlari yashaydigan uylarga borib, ularga taqsimlab berar edilar. Lekin ular ul zotni tanimas edilar. Qachonki Imom bu dunyoni tark qildilar, muhtojlar , ularga yordam bergan kishi – Imom Sodiq ekanligini bilishdi. G`iyos bin Ibrohim naql qiladi: Agar Imom Sodiq o`tib ketayotganlarida bir-biri bilan urushayotgan odamlarni ko`rsalar, uch marta baland ovoz bilan " XUDODAN QO`RQINGLAR'' deb aytar edilar. Hazrat nayza otish va ot poygasi musobaqalariga qatnashar edilar. Imom Sodiq balog`atga yetmagan bolalarga ro`za tutishni buyurar edilar, qachonki bolalar chanqasalar yoki ochiqishsa, ularga ro`zani buzishni buyurar edilar. Imom Sodiq aytadilar; Mendan haqiqatni aytmasligimni istashadi, lekin men to o`lim meni so`roqlab kelmagunicha haqiqatni aytaveraman! Ibn Sayid Azudi aytadi" Imom bizga yaxshilik va silai-rahm qilishni ta`kidlar edilar Hazrat Imom Sodiq davrlari boshqa imomlar davriga qaraganda nisbatan ozodroq bo`lgani uchun, va u hazratning ko`plab shogirdlari bo`lgani uchun- shi`a mazhabi "ja`fariya" mazhabi ham deyiladi.
|