IMOM MUHAMMAD BOQIR(7)Agar imomBoqir biron bir ishi yurishinagan odamni ko`rsalar, sekin gina"a,u zu billahi"deb qoyar edilar. Sha`bon va Ramazon oylarinig orasida faqat bir kun ro`za dor bo`lmas edilar. Rivoyat qilinishicha imom Boqir Ramazon oyida 10 marta qur`onni xatm qilar edilar. Sajdadagi duolari: "Xudoyo, odamlar meni haqqimda yaxshi fikrdalar, shunday ekan mening ular bilmagan qusurlarimni kechirgin, men haqimdagi fikrlari uchun meni muoxaza qilmagin, o`zing g`aublarni bilguvchi dono zotsan" Jobir bin Abdulloh Ansori hikoya qiladi: Payg`ambar Akram menga qarab marhamat qildilar:-Sen yaqin orada Husayn naslidan bo`lgan bir avlodimni ko`rajaksanki, uning ismi – Muhammaddir. U- ilmni yoruvchi (ya`ni egallovchi) bo`ladi, uni ko`rganingda mening salomimni unga yetkazib qo`ygin! Qachonki imom Bog`ir sadaqa qilsalar, tilamchining qo`liga pul bergandan keyin qaytib olib uni o`pib qo`yar edilar, chunki sadaqa tilamchining qo`liga yetib bormasdan oldin, Xudovand dargohiga yetib boradi. Imom Rizo hikoya qiladilar:- Bir guruh odamlar Hazrat Imom Bog`irning huzurlariga musharraf bo`lishdi. Ul Hazrat sochlarini qora rangga bo`yagan edilar. Buning sababini so`rashganida: "Men shunday kishimanki, o`z ayollarimni yaxshi ko`raman va ular ham meni yaxshi ko`rishlarini istayman, shuning uchun o`zimni ular uchun orasta saqlayman.
|