IMOM MUHAMMAD BOQIR(7)Imom Sodiq rivoyat qiladi : Otamning 2 ta dag`al ko`ynaklari bo`lib, uni namoz o`qiyotgan paytlari kiyar edilar. Agar biron hojatlari bo`lsa ham shu kiyimlarida kiyinib duo qilar edilar Imom Sodiqdan naql qilinadi:Otam imom Boqir birinta hojatlari bo`lsa peshinlari xudodan so`rar edilar, va oldin biron narsani sadaqa qilar edilar, so`ngra o`zlari xush bo`ylanib sajdada duo qilar edilar. Abu Maryamdan rivoyat qilinadi:Men imom Boqir bilan birgalikda Ka`bani tavof qilayotgan edim.Imom qachonki Yamaniy ruknga etib kelsalar,uni silab quyidagi duoni o`qir edilar:Xudo yo, menga inoyat qilki tavba qilay va sen rozi bo`lmaydigan ishga hech qo`l urmaydigan bo`lay. Jobir naql qiladi: Imom Boqir juma kunlari ertalabdan shoshib masjidga ketar edilar.Ramazon oylarida esa bundan ham vaqtliroq masjidga borar edilar. Imom Sodiq aytadi: Otam juma kunlari peshinda namozdan oldin juma g`uslini qilar edilar. Imom Sodiqdan hikoya qilibnadi: Otam kechalari uyqudan uyg`onib namoz oqir edilar. Qiyomda uzoq turar edialr, ruku`lariham uzoq cho`zilardi, sajdaga ketganlarida sajdalari shunchalik uzoq davom etardiki,hatto men uxlab qolgan bo`lsalar deb kerak deb o`ylar edim, birdan otamning sajdada "La ilaha illa Allohu haqqan haqqa haqqan " deyotganlarinieshitib qolar edim. QURON TILOVATI Imom Bogirning shirali ya yuoqimli ovozlari bo`lib Qur`onni juda chiroyli tilovat qilar edilar.Kechki payitlar Qur`on tilovat qilayotganlarida o`tib ketayotgan yo`lovchilar toxtab quloqosar edilar.Abu Abdullohdan naql qilinadi:Qachon biron qiyinchilikka duchor bo`lsak hazrat imom Boqir ayollari va bolalarini yig`ib o`zlari duo o`qir edilar, va qolganlari esa "omin "deb turshar edi.
|