IMOM HASAN(4)



shi`a" 1-j, 563-bet.    "Bihorul Anvor"    43-j, 58-bet.

Imom Rizo aytadilar:  "Imom Hasan va Imom Husayn  xurmoni yaxshi ko`rar edilar. "Kofi"  6-j,  345-bet,  Vasoilush shi`a"  17-j,  105-bet.

Imom Sajjod naql qiladilar:  Hech bir vaqt bo`lmaganki, Imom Hasan Allohni zikr qilmagan bo`lsinlar.   "A`moli sodiq" 150-bet.

Imom Bog`irdan naql qilinadi: Imom Hasan  ibodatda va sadaqa berishda juda faol va harakatchan bo`lgan edilar.

Imom Sajjod aytadilar: -Imom Hasan namozda turganlarida Parvardigorining azamat va qudrati qarshisida oyoqlari titrar edi.   "Bihorul Anvor"  84-j,  285-bet.

Imom Bog`irdan naql qiladilar: "Imom Hasan-Men Xudoning uyiga U bilan muloqot  qilish uchun piyoda bormaslikka xijolat qilaman,-deganlar.   "Bihorul Anvor"  43-j, 339-bet

.

Um Muso naql  qiladi: "Imom Hasan uxlashdan oldin "Lavhul Manqus"ni olar edilar, unda surai Kahf yozilgan bo`lib, Hazrat uni o`qir edilar."

Imom Zaynul Obidin aytadilar:  Imom Hasan o`z  davrining  eng obidi, eng zohidi va odamlarning afzali edilar. "Bihorul Anvor"43-j,331-bet.

Imom Hasan hamisha aytar dilar ki:masjid ahli Xudo ning ziyoratchilaridi va Xudoning o`zi mehmonlariga hadya berajakdir. "Irshodul-qulub"72-bet.

Imom Hsan shunday dedilar:

Bobom Rasullulloh menga qunut va vitr da oqishim uchun kuyidagi duoni o`rgatganlar:

"Xudo yo ,meni ham hidoyat qilgan bandalaringni qatori hidoyat qil,xotirjamlik ato etgan bandalarting qatori xotirjamlik ato et, va

menga bergan rizqingni barokotli qilgin"

"Mu`jamul-kabir"3-j,73-bet



back 1 2 3 4