IMOM HASAN(4)



20.  Hazrat      Hasanning  Qosim, Abdulloh, Abubakr, Asg`ar va Ahmad nomli 5 nafar o`g`illari Karbaloda  shahid bo`lishgan.

IMOM  HASANNING   SIURATLARI

Ahmad bin Muhammad al-Mug`iyradan naql qilinadi: -Imom

Hasan sochlari jingalak , qomatlari kelishgan, sersoqol bo`lganlar.

Vosil ibn A`to  aytadi: "Imom  Hasanda anbiyolar siymosi va

Podshohlar shukuhi jam` bo`lgandir"    "Manoqib"  4-j, 9-bet.

Abi Bakradan naql qilinadi: " Payg`ambarimiz odamlar bilan jamoat namozi o`qiyotganlarida, sajdada Hasan ularning bo`yinlariga minib olar edi. Hazrat boshlarini sajdadan ko`targanlarida, sekingina Hasanni o`tkazib qo`yar edilar, toki nabiralari hech ranjimasin.  "Kanzul  a`mol"   13-j, 667-bet.

Abu Fotihdan naql qilinadi:

"Hasan ibn Ali 7 yoshligida Rasululloh  majlislarida hozir bo`lar edilar va vahiylarini eshitib, yodlab olardilar, so`ngra onalari huzurida uni aytib berar edilar."   "Avolim" 19-j,  108-bet.

Imom Rizodan naql qilinadi:  "Imom Hhasan uzuklarining ko`ziga "Buyuklik Allohga xois" deb yozilgan edi.   "A`yonush



back 1 2 3 4 next