4-9 - Dars



TOQQIZINCHI DARS

JISMONIY VA RUHIY QAYTA TIRILISH

Qayta tirilish vaqiyomat haqida so`raladigan eng ko`p savollardan biri budirki, inson qayta tirilsa ruhi qayta tiriladimi yoki badanimi? Odam bu dunyodagi badani va ruhi bilan u dunyoda qayta tiriladimi yoki boshqa takomullashgan badan va ruhga ega bo`ladimi?  Qadimgi faylasuflarning aytishlariga qaraganda inson u dunyoda faqat ruhan qayta tirilib badani esa faqat bu dunyo uchungina xizmat qiladi,  xolos. Lekin islom ulamolarining va hozirgi dunyo faylasuflarining etiqodlaricha, qayta tirilish insonning ikkala qismi ham moddiy va ham ruhiy qismiga tegishlidir. Tog`ri inson badani o`lganidan keyin tuproq ostida chirib yo`q bo`lib ketadi, lekin har narsaga qodir bo`lgan Alloh har bir mayda zarragacha qaytadan jamlab unga yangitdan hayot bag`ishlaydi. Bu badanning qayta tirilishi bo`lib ruhning parvardigor oldiga qaytishi haqida hech shubha bo`lmagani uchun qiyomat deganda asosan  jismoniy qayta tirilish nazarda tutiladi. Har holda Qur`oni karimda qayta tirilish haqida turli xil oyatlar kelgan bo`lib unda jismning qayta tirilishi haqida so`z ketadi.

Quronda qayta tirilish haqida

Oldingi darslarning birida ham aytganimizdek, aroblardan bo`lgan bir kishi hazrat payg`ambarimiz huzurlariga kelib suyaklarni ul hazratga ko`rsatib mana shu suyaklar yana qayta tiriladimi? –deb so`raydi. Hazrat rasululloh Allohning amriga binoan shunday deydilar: Avvalda yo`qdan bor qilib qanday yaratgan bo`lsa Xudovand yana qayta tiriltiradi va bu U uchun oson ishdir. Ul zot yeru-osmonlarni yaratdi, yashil daraxtdan olob chiqardi deb javob berdilar. Bu haqda Yosin surasida bunday deyiladi:

الَّذِي جَعَلَ لَكُم مِّنَ الشَّجَرِ الْأَخْضَرِ نَاراً فَإِذَا أَنتُم مِّنْهُ تُوقِدُونَ

36.80 . U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o'shandan olov yoqursizlar.

Yosin surasi; 80-oyat

Boshqa oyatda esa bunday deyiladi:

Aqliy dalillar

Aqlning aytishicha badan va ruh o`zaro judo emas balki bir-biri bilan bog`liq bo`lgan insonning ikki tarkibiy qismidir. Ikkisi birgalikda tarbiyalanib takomullashadi, tabiiyki abadiy hayotda ham bir-birlariga muhtojdirlar. Agar barzax olamida (ya`ni bu dunyo va oxirat dunyosi orasida) ma`lum muddatga bir-birlaridan ajralishsada, lekin ruh badansiz va badan ruhsiz oxirigacha qolishi mumkin emas. Zero badan ruhsiz noqis bo`lsa, ruh ham badansiz noqisdir. Chunki ruh badanga farmon beruvchi bo`lsa badan bajaruvchi hisoblanadi. Hech bir amr qiluvchi itoat qilubvhisiz bo`la olmaganidek, hech bir bajaruvchi ham amr beruvchisiz yashay olmaydi. Har ikkisi bir-birini to`ldiruvchidir. Faqat chunki ruh badanga qaraganda yuqoriroq darajada bo`lganligidan badan ham unga mos bo`lishligi uchun qayta tiriltirilganda bu dunyodagi aybu nuqsonlaridan poklangan holda qayta tiriladi. Har holda ruh va badan bir-birini to`ldiruvchi va komillashtiruvchi bo`lganligi uchun shuningdek paydo bo`lishidan hamisha birga bo`lgani uchun qayta tirilish faqat bu ikkisining birigagina tegishli bo`lishi mumkin emasdir. Boshqa tarafdan qaraganda esa adolat qonuni ham har ikkalasining qayta tirilishini taqozo etadi. Agar odam gunoh qilgan bo`lsa o`zining ruh va badani bilan bajargan shuning uchun har ikkisini ham javobgarlikka tortish kerak. Agar qandaydir savob amal qilgan bo`lsa ham ham ruh va ham badan bilan bajargan, binobarin har ikkisini mukofotlash kerak bo`ladi. Agar faqat ruh yoki faqat badan qayta tirilib jazolansa yoki mukofotlanadigan bo`lsa adolatga zid bo`lgan bo`lur edi.

Jismoniy qayta tirilish bilan bog`liq savollar

Donishmandlar qayta tirilish bilan bog`liq bo`lgn ba`zi savollarni ko`rib chiqqanlarki bu o`rinda suhbatimizni mukammalroq qilish uchun ulardan ba`zilarini keltirmoqchimiz.



1 next