4-9 - Dars



1.    Tadqiqotchi-biolog  olimlarining aytishlaricha, inson umri davomida badanini bir necha marta o`zgartiradi. Bu narsani xuddi hovuzning ichiga  doimo uzluksiz ravishda suv quyib turilgan holatga o`xshatish mumkin. Ma`lumki ma`lum muddatdan keyin hovuzning suvi butkul almashadi. Inson ham umrining taxminan har yetti yilida bir marta badanini ana shunday almashtiradi. Xo`sh agar inson umri davomida bir necha marta o`z badanini o`zgartiradigan bo`lsa, qayta tirilish uning qaysi badaniga taaluqlidir? Javobida shuni aytishimiz mumkinki, ur`onda chirib ketgan suyaklar yana qayta tiriltiriladi. Unga asosan insonning oxirgi badani qayta tiriladi deyishimiz mumkin. Shuningdek, qabrlar ag`darilib insonlar qayta tiriladilar, degan oyat ham ana shu fikrimizni tasdiqlaydi. Lekin shu narsa muhimki, insonning o`limidan oldingi oxirgi badani avvalgi badanlar kabi har taraflama to`liq bo`ladi. Boshqacha aytganda, agar inson umri davomida badanining ma`lum a`zolarining sog`lig`ini qo`ldan bergan bo`lsa qayta tirilganida hamma badan a`zolarini qayta tiklaydi, bu holda oxirgi badanning jazo yoki mukofot olishi adolat asosida bo`ladi.

2.    Ba`zilar aytadiki, odam o`lganida uning badani hasharotlarga yoki ba`zi giyohlarga yem bo`ladi va natijada boshqa odamning badanining bir qismiga (giyohlar bilan oziqlanishi va dunyoning zanjirli harakati tufayli) aylanadi. Qayta  tirilganda bu masala qanday qilib hisobga olinadi?  Bu jarayonni faylasuflar “Okil va ma`kul” deb aytishadi. Bu savolga javob berish uchun mufassal bahslashishga tog`ri kelsa-da, biz bu yerda qisqa qilib tushuntirishga harakat qilamiz. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, insonning boshqa odamga o`tgan a`zosi u qayta tirilganida so`zsiz unga qaytariladi. Bu yerda ikkinchi savol tug`iladiki, u holda ikkinchi odamning badani noqis bo`lib qoladimi? Aytishimiz kerakki, ikkinchi odamning azosi noqis bo`lmaydi, balki kichikroq bo`ladi. Chunki boshqa odamdan unga o`tgan a`zo mayda-mayda bo`lib uning badanida tarqalib ketgandir. Ana shu mayda zarrachalar undan olinadiva natijada uning razmeri kichrayadi. Binobarin na avvalgi odamning badani yo`q bolmaydi va na ikkinci odam noqis bo`lmaydi. Ikkinchi insonning badanining kichrayishi esa qiyinchilik tug`dirmaydi. Zero bilamizki, qayta tirilganda har qanday badan komil va nuqsonlardan xoli bo`ladi. Bu narsa xuddi o`sayotgan bolaning organizmidek, yoki badani lat yegan odamning terisining yangilanishidek bo`ladi. Shunday qilib badanning qayta tirilishi bilan bog`liq shubhalar hal bo`ldi (diqqat bilan o`qib chiqing!) . Agarda   bu haqda batafsilroq bilmoqchi bo`lsangiz oxirat va qayta tirilish haqidagi kitoblarni mutolaa qiling. 

O`ylab javob bering:

1.    Jismoniy qayta tirilish nima?

2.     Jjismoniy qayta tirilishni inkor qiluvchilar nima deydilar? Qur`on ularga qarata nima javob bertadi?

3.    Qayta tirilishga oid qanday aqliy dalillar keltira olasiz?

4.    Jismning qayta tirilishi va adolat orasida qanday bog`liqlik mavjuddir?

5.    “Okil va ma`kul”qonuni haqida aytib bering. Unga qanday javob berasiz?



back 1 next