4-8 - Dars



SAKKIZINCHI DARS

RUHNING BOQYLIGI OXIRAT BORLIGIDAN DALOLATDIR

Odamzot qachondan beri ruh haqida fikrlashni boshlaganini hech kim bilmaydi. Faqat qadim zamonlardan inson o`zi va hayvon orasida shuningdek o`zi va jonsiz ashyolar orasidagi farqni bilgan deya olamiz.  Inson uyqunu ham ko`rgan o`limni ham ko`rgan. O`limdagi va uyqudagi holatlarni kuzatib jismdan tashqari qo`shimcha qandaydir boshqa narsaga ham egaligini tushungan. Shuningdek hayvonlar bilan o`zi orasida ham farq borligini ko`rgan. Nimagaki u extiyor egasidir va hayvonlar esa g`arizaga egadirlar xolos. Ayniqsa uyquda tush ko`rganida ruh degan narsa borligini tushunib yetgan. Falsafa fani vujudga kelganida faylasuflar ruh haqidagi bahsni muhim mavzulardan hisoblaganlar. Keyin har bir donishmand ruh haqida o`zining nazariyasini ilgari surar edi. Musulmon faylasuflari tarafidan ming xil nuqtai nazar o`rtaga tashlangan edi. Lekin bu orada ruh moddiymi yoki moddiy emasmi degan savol eng muhimdir. Boshqacha aytganda, ruhni sezgi organlari bilan sezish mumkinmi yoki yo`qmi?  Moddiy faylasuflar fikricha, ruh ham boshqa a`zolar  kabi moddiydir va odam o`lganida u ham o`ladi. Ulardan farqli o`laroq ilohiyot faylasuflarining e`tiqodlaricha, ruh moddiy bo`lmay inson o`lganidan keyin tanadan ajralib o`z umrini davom ettiradi. Ular bu fikrlarini turli dalillar bilan isbotlashganki, biz bu o`rinda sodda qilib ba`zilarigagina ishora qilib o`tmoqchimiz.

1. Buyuk jahonni kichik muhit ichiga sig`dirish mumkin emas

  Faraz qiling ulkan dengiz sohilida o`tiribsiz. Qirg`oqda buyuk tog`lar ham bor. Dengiz shovullab o`z to`lqinlarini sohilga uryapti, tog`lar o`z haybatini saqlagan holda turibdilar, osmon esa qizg`ish rangdadir. Mana shu tabiat manzarasini ko`zlaringizni yumsangiz ham zehningizda (tasavvuringizda) ko`rishingiz mumkin. O`zingiz o`ylab ko`ringchi qanday qilib kichikkina boshingiz katta bir tabiat manzarasini ichiga sig`dira oldi? Shundan ma`lum bo`ladiki, vujudimizda biz bilgan moddiy azolarimizdan tashqari bizga noma`lum bo`lgan nomoddiy qismat ham borki, biz bilgan moddiy jismlarning hech biriga o`xshamaydi.

2.    Ruhning mavjudligining boshqa dalili

Biz vujudimizda fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning borligini yaxshi bilamiz. Me`da va yurakning harakati fizikaviy jarayon bo`lsa, turli so`lak- bezlarning ajralib chiqishi kimyoviy harayondir. Shunga o`xshash fizik-kimyoviy jarayonlar organizmimizda doim ro`y berib turadi. Agar ruh va fikru-andishamiz ham fizik yoki kimyoviy jarayon bo`lsa, nima uchun tafakkur bilan boshqa badanimizdagi jarayonlarning bunchalik katta farqi bor? Biz fikrlash bilan tashqi olam bilan aloqa o`rnatamiz, atrofimizda ro`y berayotgan hodisalardan ogoh bo`lamiz. Ammo so`lak ajralib chiqishi kabi kimyoviy jarayon yoki ko`zlarimizning harakati va yurak urishi kabi fizik jarayonlar  bunday natija bermaydi. Boshqacha aytganda, biz tashqi olam bilan aloqadorligimizni yaxshi his qilamiz, bu butun tashqi olam bizning vijudimizga kirib keladi degani emasku!  Balki tashqi olamning tasviri ruhning tashqari bilan aloqasi orqali vujudimizga kirib keladi. Bunday xosiyat badanimizdagi hech qaysi fizik-kimyoviy jarayonga xos emas. Yanada boshqacharoq aytadigan bo`lsak, tashqi olam bilan bo`ladigan aloqa uchun bu olamni o`rab oluivchi omil zaruriy bo`lib, badanimizdagi hujayralar buning uddasidan chiqa olmasligi aniq. Badanimizdagi hujayra va to`qimalar tashqi olam tufayli tasirlanadi, xolos. Bu tafovut badanimizda fizik-kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi azolarimizdan tashqari yana boshqa haqiqat mavjudligidan dalolat beradi va u -  ruh deb ataladi.

3. Ruhning asli va mustaqilligiga dalolat beruvchi tajribalar.

Baxtimizga bugungi kunga kelib donishmandlar ruhning moddiy emasligi va uning istiqlolini isbot qilganlar. Ular bu nazariyaga qarshi chiquvchilarga qat`iy javob berib bu o`rinda hech qanday shubhaga o`rin qoldirmadilar.

1.    Magnetik tushlar (gipnoz va manetizm) ruhning moddiy emasligiga dalolat qiluvchi yorqin dalillardan bo`lib bugungi kunda ko`pchilik uni ko`rgan. Ko`rmaganlar uchun esa qisqacha sharh berib o`tamiz;



1 2 next