4-8 - Dars Ba`zi odamlar turli ilmiy ravishlar bilan boshqa odamni (modiumni) uxlatib qo`yadi. Ya`ni tafakkur va magnetik kuchlar yordamida modiumning ko`zi va boshqa a`zolari uyquga ketadi. Ammo bu uyqu oddiy bo`lmay, gipnozchi u bilan aloqa barqaror qiladi, ya`ni uning gapini modium eshitadi va javobini ham berishi mumkin. Shunday holatda uning ruhi turli yerlarga yuboriladi. Ba`zan yangi xabarlar keltiradi, holbuki oddiy holatda bu xabarlardan hech qanday xabari yo`q edi. Gohida modium chet tilda so`zlashadi, vaholanki bu tilni uyqudan oldin hech bilmagan edi. Yoki qiyin matematik masalani hal qiladi, ba`zida esa qulflangan sanduq ichida yozilgan yozuvlarni o`qib beradi va hokazo... 2. Esperitizm yoki arvohlar bilan aloqa o`rnatish Hozirgi kunda dunyoning hamma burchagida arvohlar bilan aloqa o`rnatuvchi odamlarning jamiyatlari mavjuddir. Misrlik olim Farid Vajadiyning aytishiga qaraganda, har yili taxminan uch yuzta majalla ular tarafidan nashr bo`ladi. Albatta arvoh bilan aloqa o`rnatuvchilarning aksariyati odamlarning soddaligidan foydalanib bu narsani iddio qilsalar-da, lekin har holda darhaqiqat arvohlar bilan aloqa o`rnatuvchilar ham bordir. Bu aloqaning borligi ham ruhning nomoddiy ekanligi va uning istiqloliga dalolat qiladi. 3. Uyqudagi ko`riladigan tushlar Biz uxlaganimizda tashqi olamda ro`y beradigan hodisalarni mujassam holda ko`ramiz. Gohida esa kelajakda ro`y beradigan narsalarni oldindan aytib beradi. Odatda ko`pchilik bunday tushlarni ko`rishgan, bu esa ruhimiz biz uxlayotganimizda boshqa olamda bo`lib ma`lum aloqa o`rnatishini bu esa o`z navbatida uning mustaqil va nomoddiy ekanligini bildiradi. Yuqorida ko`rib chiqqan dalillardan shu narsa ma`lum bo`ladiki, ruh badanimizdagi fizik ximiyavir reakciyalardan kelib chiqqan haqiqat bo`lmay balki alohida mustaqil moddiy bo`lmagan haqiqatdir. Inson o`lishi bilan u o`lmaydi bu esa qayta tirilish masalasiga oydinlik kirituvchi haqiqatdir. O`ylab javob bering: 1. Ruh haqida moddiy va ilohiyot faylasuflari nazariyalarining farqi nimada? 2. Katta olamning kichik vujudga sig`dirish ruhning borligiga qanday qilib dalolat qilishi mumkin? 3. Gipnoz haqida nima bilasiz? 4. Arvohlar bilan aloqa o`rnatish deganda nimani tushunasiz? 5. Tush ko`rish va ba`zi bo`ladigan hodisalarni oldindan tushda ko`rish qanday qilib ruhning borligiga dalolat qilishi mumkin?
|