4-6 - Dars. Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur (vujudga kelur). Yosin surasi;81;82-oyatlar
Juda tor fikr yuritadigan nodonlargina yaratish qayta tiriltirishdan ko`ra qiyinroq ekanini tushunmaydilar. 4. Qur`on gohida energiyaning almashish qonunidan qayta tirilishni isbotlaydi: الَّذÙÙŠ جَعَلَ Ù„ÙŽÙƒÙÙ… مّÙÙ†ÙŽ الشَّجَر٠الْأَخْضَر٠نَاراً ÙÙŽØ¥Ùذَا أَنتÙÙ… مّÙنْه٠تÙوقÙدÙونَ 36.80 . U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o'shandan olov yoqursizlar. Yosin surasi; 80-oyat
Darhaqiqat yuqoridagi oyatga diqqat qilsak juda qiziq natijaga kelishimiz mumkin. Daraxt o`sayotganida quyoshning nuri va issiqligidan foydalanadi va o`ziga singdiradi. Biz daraxt olgan yorug`lik va issiqlik energiyalarini sarf qilib bo`ldi va bu energiya yo`q bo`ldi deb o`ylaymiz. Vaholanki biz o`tinni yoqqanimizda ana shu energiya olovda issiqlik va yorug`lik bo`lib qaytadi. Qayta tirilish ham ana shunday energiya almashishiga o`xshaydi. Yillab o`zida yorug`llik va issiqlikni o`zining badanida jam qilgan oddiy bir cho`p bir zumda olovda yonib hamma energiyasini beradigan qilib yaratgan qodir Alloh nahotki insonni qayta tiriltirishga ojiz bo`lsa?! Har holda ko`rganimizdek Quroni karimda qayta tirilish haqida turli usullar bilan tushuntirilgan bo`lib bu haqda shubha qiluvchilarga qat`iy javobni dalil-isbotlar bilan bergandir. Biz bu darsda faqat bu mavzuda bir nechta misol keltirdik, xolos. O`ylab javob bering: 1. Nima uchun mushriklar qayta tirilish xabaridan taajub qilardilar? 2. Qanday qilib har yili tabiatda qayta tirilishning misollarini ko`rishimiz mumkin? 3. Nima uchun Qur`onda embrionning hayotini qayta tirilishni tushuntirish uchun foydalaniladi? 4. Energiyaning bir turdan boshqa turga almashinishi haqida aytib bering. Qanday qilib bu qonundan qayta tirilishni isbotlash mumkin? 5. Nima uchun Qur`onda yashil daraxt haqida misol keltirilgan?
|