4-6 - DarsOLTINCHI DARSHISOB-KITOBNI BU DUNYONING O`ZIDA HAM KO`RGANMIZQur`onning guvohlik berishicha, kofirlar va mushriklar qayta tirilish haqida eshitishganida taajublanib, hatto ularga bu xabarni yetkazganlarni majnun deb aytishar edi. وَقَالَ الَّذÙينَ ÙƒÙŽÙَرÙوا هَلْ نَدÙلّÙÙƒÙمْ عَلَى رَجÙÙ„Ù ÙŠÙنَبّÙئÙÙƒÙمْ Ø¥Ùذَا Ù…ÙزّÙقْتÙمْ ÙƒÙلَّ Ù…Ùمَزَّق٠إÙنَّكÙمْ Ù„ÙŽÙÙÙŠ خَلْق٠جَدÙيد٠34.7 . Kofir bo'lgan kimsalar derlar: "Sizlarga (chirib) titilib bo'lak-bo'lak bo'lib ketgan vaqtingizda, albatta, sizlar yana yangitdan yaratilursizlar, deb xabar beradigan bir kishini ko'rsataylikmi? Saba surasi;7-oyat Ha, nodon va aqli kam odamlar qayta tirilish va oxirat haqidagi xabarlarni telbalik deb bilar edilar. Lekin qizig`i shundaki, Qur`oni Karim har kimning aqli yetadigan qilib oxirat haqida xabar beradi. 1. Qur`onda aytilishicha, bizlar tabiatda qayta tirilishni o`z ko`zlarimiz bilan ko`rishimiz mumkin: وَاللَّه٠الَّذÙÙŠ أَرْسَلَ الرّÙيَاØÙŽ ÙَتÙØ«Ùير٠سَØَاباً ÙَسÙقْنَاه٠إÙÙ„ÙŽÙ‰ بَلَد٠مَّيّÙت٠ÙÙŽØ£ÙŽØْيَيْنَا بÙه٠الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتÙهَا ÙƒÙŽØ°ÙŽÙ„ÙÙƒÙŽ النّÙØ´Ùور٠35.9 . Alloh shamollarni yuborib, bulutni qo'zg'atgach, Biz uni "o'lik" shaharga haydab, u bilan "o'lgan" yerni "tiriltirdik". Qiyomatda qayta tirilish ham shu tarzdadir. Fotir surasi; 9-oyat Agar qish faslida atrofimizga nazar soladigan bo`lsak, tabiat xuddi o`z hayotini qo`ldan berganga o`xshaydi. Daraxtlar yalang`och, gul-chaman ko`rinmaydi, tog` va adirlar bag`rida ham hayotning jo`shqin jarayonini ko`rib bo`lmaydi. Lekin bahor kelishi bilan havo muloyimlashadi, yomg`irning hayotbahsh qatralari yog`adi va o`zi bilan hayot keltirgandek bo`ladi. Daraxtlar kurtak chiqaradi, chamanlar o`sa boshlaydi, xullas, tabiat qayta tirilgandek bo`ladi. Agar o`limdan keyin qayta tirilish bo`lmaganda edi, biz har yili tabiatning o`lib tirilishini mushohada qilmagan bo`lar edik. O`lik odamlarning qayta tirilishi bilan yerning qayta tirilishi orasida qanday farq bor? 2. Qur`oni Karimda gohida yaratilish haqida fikrlashga chaqirib bu yo`l bilan qayta tirilishni isbotlaydi:
|