4-5 - Dars



أَفَنَجْعَلُ الْمُسْلِمِينَ كَالْمُجْرِمِينَ

 Ù…َا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُون

68.35 . Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchi (kofir)larga barobar qilarmidik?!

68.36 . (Ey, mushriklar,) sizlarga ne bo'ldi? Qanaqa hukm chiqarmoqdasizlar?!                                                            Qalam surasi; 35-36 oyatlar;

أَمْ نَجْعَلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ كَالْمُفْسِدِينَ فِي الْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ الْمُتَّقِينَ كَالْفُجَّارِ

. Biz imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlarni yerda buzg'unchilik qilib yuruvchi kimsalardek qilamizmi?! Yoki taqvodor zotlarni fisqu fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilar ekanmizmi?!

  Sod surasi; 28-oyat;

Tog`ri zulm qiluvchi ba`zi guruhlar bu dunyoning o`zidayoq qilgan zulmlarining azobini ko`radilar. Shuningdek vijdon nomli mahkama ham jinoyatchilarni bu dunyoda azoblaydi. Lekin,  ma`lumki dunyodagi bu mahkamalar har bir kichik amaning natijasini berishga ojizdir. Shuning uchun ko`pchilik odamlar bu dunyoda qilgan zulmlariga yarasha azob olmaydilar. Shuningdek solih bandalarning hammalari o`z ajrlarini to`liqligicha bu dunyoda ololmaydilar. Shuning uchun yuqori aniqlikdagi adolatli oxiratdagi hisob-kitobning bo`lishi zarurdir. Ana shuning uchun ham Alloning borligiga va uning adolatli zot ekanligiga iymon keltirish bilan oxiratga iymon keltirish o`zaro ajralmas bir haqiqatdir.

O`ylab javob bering:

1.    Yer osmonlar nima asosida barpo qilingandir?

2.    Nima uchun insonga extiyor va tanlash huquqi berilgandir?

3.    Agar har bir qilingan gunoh uchun odam tezda azoblanadigan bo`lsa nima bo`ladi?

4.    Nima uchun bu dunyodagi mahkamalar bizni oxiratdagi mahkamaga bo`lgan ehtiyojimizni bartaraf qila olmaydi?

5.    Allohning adolati va oxiratga nima aloqasi bor?



back 1 2