4-5 - DarsBESHINCHI DARS QIYOMATDAGI ADOLAT TAROZUSI Agar atrofimizga bir oz diqqat bilan nazar solsak, u holda jahondagi har bir narsa o`z o`rnida tartib bilan qo`yilganligini ko`rishimiz mumkin. Inson badanida ham yuqori darajadaji tartib va intizom bilan har bir organ joylashtirilganki, agar bu tartib bir oz o`zgaradigan bo`lsa, odam yo kasaikka chalinadi yoki o`lib qolishi mumkin. Ko`z, miya, yurak va ... lar tuzilishlarida yuqori aniqlikda adolat rioyat qilingan, xuddi shunday adolat va tartib butun jahonning tuzilishida ham bordir. بالعدل قامت السموات و الارض “Yer va osmonlar adolat asosida barpo qilingandir†Hatto mayda zarracha atomning tuzilishida ham yuqori aniqlikda tartib bordirki, millionlab yillar davomida o`z hayotini davom ettirib kelyapti. Bu esa elektron va protonlar orasidagi adolat (muvozanat) tufaylidir. Inson ana shu keng adolat va muvozanatga asoslangan dunyoning bir qismi bo`la turib adolatdan bebahra va mustasno mavjudot hisoblanadimi? Ya`ni inson istagan zulmini qilib nohaqsizliklarga g`arq bo`lib yuraveradimi? Extiyor va tanlash erkinligi Darhaqiqat inson boshqa tirik mavjudotlardan farqli o`laroq extiyor sohibidir. Nima uchun Xudovand insonni erkin yaratib unga tanlash huquqini berdi? Sababi shuki, agar inson ozod bo`lib extiyor sohibi bo`lmaganda edi, hech vaqt kamolotga erisha olmas edi. Uning erki kamolotga yetish yo`lidagi buyuk zamonatdir. Masalan agar birontasiga qurol bilan o`qtalib xayrli ish qilishini buyursangiz, u garchi xayrli ishni qilsa ham, lekin u uchun axloqiy fazilat hisoblanmaydi. Zero xayrli ishni o`z extiyori va irodasi bilan qilmadi. Ammo agar kimdir o`zining extiyori bilan yaxshi amal bajarsa, bu uning uchun fazilat bo`lib, uning kamolot sari qo`ygan qadami hisoblanadi. Binobarin iroda va extiyor kamolotga yetishning birinchi shartidir. Xudovand insonni kamolotga yetkazish maqsadida unga ana shunday extiyor bergandir. Bu buyuk ne`mat xuddi tikanlari bor gulga o`xshaydiki, extiyordan suistefoda qiluvchi zolim odamlar tikan kabidirlar. Albatta Xudovand istasa, zolimlarni qilgan ishlari uchun darrov azoblashi mumkin edi. U holda hech kim gunoh tarafga yo`llanmagan bo`lur edi. Lekin bu holda inson xuddi gunoh qilmaslikka majbur qildirilgandek bo`lar edi. Shuning uchun gunoh qilmaslik inson uchun fazilat va iftixor hisoblanmagan bo`lur edi. Balki u azobdan qo`rqqani uchungina gunohni tark etgan hisoblanadi. Shunday ekan, inson turli imtihonlar qarshisida erkin bo`lib o`zi tog`ri yo`lni extiyoriy ravishda tanlashi kerakdir. Bu o`rinda faqat bir nuqson bordirki, u ham bo`lsa agar hamma odamlar o`z extiyorlariga tashlab qo`yiladigan bo`lsa, olamdagi adolatga putur yetadi. Ana shu yerda odamlarning qilgan amallari ustidan hukm chiqaruvchi mahkama bo`lishi kerakligini tushunib yetamiz. Dunyodan zulmu-sitam qilib o`tgan Fir`vnlar, Chingizlar, Qorunlar va Namrudlar jazosiz qolib ketishlari mumkinmi? Axir zolim va solih bandalar Parvardigorlari qarshisida barobar bo`la oladimi? Qur`oni Karimda aytilishicha:
|