4-4 - DarsTORTINCHI DARSQAYTA TIRILISHNING FITRATDAGI O`RNIO`tgan darslarda aytib o`tganimizdek xudoshunoslik fitriydir. Lekin faqat xudoga sig`inish tuyg`usi emas, balki usuli dindagi har bir masala fitriydir. Aks holda shariat bilan xilqat hech vaqt kelisha olmagan bo`lur edi (diqqat qiling!) Agar biz qalbimizga quloq solsak, u holda qalbimiz “o`lim insonning umrining nihoyasi emas, balki bir olamdan boshqa olamga o`tiladigan darichadir†deyishini eshitamiz. Bu haqiqatni bilish uchun esa quyidagi masalalarga etibor berishimiz kerakdir: 1. Mangulikka bo`lgan ishtiyoq; Darhaqiqat agar inson yo`q bo`lishi uchun yaratilgan bo`lsa edi, hech vaqt yo`q bolishdan hayiqmagan bo`lar edi. Vaholanki, inson hamisha nest-nobud bo`lishni yoqtirmaydigina emas, balki dahshatdadir. Umrni uzaytirishga bo`lgan intilishlar, yoshlikni saqlab qoladigan dori-darmonlar ketidan qilinadigan yugur-yugurlar aytganimizni tasdiqlaydi. Mangulikka bo`lgan ishtiyoq shu narsani isbotlaydiki, inson mangu abadiy hayot uchun yaratilgandir. Aks holda biz abadiyatni shunchalik yaxshi ko`rmagan bo`lar edik. Qalbimizda mavjud barcha haqiqiy ishqlar bizni mukammal qilish uchun xizmat qiladi, shu jumladan abadiyat va mangu hayotga bo`lgan ishq bizni mukammalroq qiladi. Shu narsani unutmaslik kerakki, qiyomat va oxirat haqidagi bahslar Xudovandni xoliq sifatida qabul qilgandan keyingina qilinadi. Zero agar Xudo fitratimizga abadiyat olamiga ishq solgan ekan, u olam albatta mavjuddir. 2. Oldingi qavmlar oxirat haqida; Tarixdan ma`lumki, qadim zamonlardan odamlar orasida dinga etiqod bo`lgan. Ular ham bu dunyodan keyingi oxirat dunyosiga ishonganlar. Qadimgi zamonlardan yetib kelgan tarixiy asarlardan ayniqsa, qabrlarni qurish usullaridan shu narsa ma`lum bo`ladiki, ular ham qayta tirilishga ishonganlar. Chuqur ildizli bunday etiqod oddiy o`rgatishlar sababli vujudga kelgan bo`lishi mumkin emas, zero uzoq muddatlardan beri davom etib kelayotgan etiqodni oddiy urf-odat deya olmaymiz. Chunki urfu odatlar vaqt o`zgarishi bilan o`zgaradi. Falon kiyimni kiyish odat rasm-rusum hisoblanadi, muhit va zamonning o`zgarishi bilan u ham o`zgaradi. Ammo onaning farzandiga bo`lgan muhabbati g`ariziy (fitriy)bo`lgani uchun na vaqt o`tishi bilan va na muhit o`zgarishi bilan yo`qotilmaydigan tuyg`udir. Tarix tadqiqotchilarining qilgan izlanishlaridan shu narsa ma`lum bo`ldiki, odamlar azaldan dinga va oxiratga ishonganlar shuning uchun murdalarni maxsus usullar bilan dafn qilishgan. 3. Qalbdagi mahkama, ya`ni vijdonning borligi oxirat borligiga guvohdir. Bundan avval ham aytib o`tganimizdek insonning vijdoni kuchli bir hisob –kitob qiluvchi mahkamadir. Shuning uchun yaxshi ishlarimiz tufayli shod bo`lsak, qilgan yomonliklarimiz uchun uning azobini chekamiz. Gohida og`ir jinoyat qilib tergovdan qochib ketgan ba`zi jinoyatchilar ma`lum muddatdan keyin kelib qonun organlariga o`zlarini topshiradilar. Ulardan nima uchun o`zlarini qonun oldida taslim qilganliklari haqida so`ralganda, ular vijdon azobidan qutulmoqchi ekanliklarini aytadilar. Ha, vijdon ana shunday qudratga ham ega bo`lishi mumkin. Endi aytingchi, qanday qilib oddiy bir inson organizmida shundau mahkama bo`lsa-yu, butun boshli keng dunyo o`zining mahkamasiga ega bo`lmasa? Shunday qilib uch xil yo`l bilan oxiratga bo`lgan ishonchning fitriy ekanligini isbotlashimiz mumkin: 1. Mangulikka bo`lgan muhabbat; 2. Bashariyat tarixining hamma davrida oxiratga etiqod bor bo`lganligi; 3. Inson qalbidagi oxiratning kichik namunasi bo`lmish mahkama - vijdonning mavjudligi.
|