4-2 - Dars3. Shohidlikka birortasini chaqirmasdan har kimning qilgan amali to`g`ridan tog`ri guvohlik beradi. Shuning uchun sudlanuvchi qilgan ishini inkor qilishining hech iloji yo`q; 4. Shuningdek guvohlikka odamning badan a`zolari, yer va hatto gunoh qilingan makonning devorlari ham chaqiriladi; 5. Bu sudning raisi har narsadan ogoh, va behojat adolatli zot bo`lmish Xudoning o`zidir. 6. Beriladigan jazolar ham har kimning qilgan amalining o`zidir. Odamlar o`zlari amalga oshirgan ishlari tufayli azobda bo`ladilar; iymonlilarning iymoni esa sohibini yuqori darajaga eltadi. Hazrat Alining aytganidek, Xudoga qasam ichib aytamanki. Kechalari tikanning ustida uxlab kunduzlari zanjirband holatda dashtlarda sargardon yursam ham mayli, faqat Qiyomatda Parvardigorim huzurida birovga qilgan zulmqilganim va haqqini o`zlashtirganim uchun qora yuzli bo`lmasam bo`ldi. Oxiratga bo`lgan iymon odamni hatto birodarini olov bilan qo`rqitib gunoh qilishdan qaytarishga ham majbur qilishi mumkin. Hazrat Alining huzurlariga ukalari Oqil kelib baytul-moldan ozgina pul olib berishini iltimos qilganida hazrat olovning ustiga Oqilning qo`lini tortgan edilar. Hayron bo`lgan Oqilga hazrat Ali: Oddiy qo`lingni bu shamning shulasida kuydirishdan qo`rqasan, qanday qilib butun badan olovda yonishidan qo`rqmay mendan bunday iltimosni qilasan? –deb javob bergan edilar. Shunday iymonga ega odam qanday qilib aldanishi mumkin? Pora berib bunday odamlarni sotib olish mumkinmi? Qo`rqitish va tahdidlar bilan bunday odamni haq yo`ldan og`dirish mumkinmi? Qur`onda aytilishicha, ÙˆÙŽÙˆÙضÙعَ الْكÙتَاب٠Ùَتَرَى الْمÙجْرÙÙ…Ùينَ Ù…ÙشْÙÙÙ‚Ùينَ Ù…Ùمَّا ÙÙيه٠وَيَقÙولÙونَ يَا وَيْلَتَنَا مَال٠هَذَا الْكÙتَاب٠لَا ÙŠÙغَادÙر٠صَغÙيرَةً وَلَا كَبÙيرَةً Ø¥Ùلَّا Ø£ÙŽØْصَاهَا وَوَجَدÙوا مَا عَمÙÙ„Ùوا ØَاضÙراً وَلَا يَظْلÙم٠رَبّÙÙƒÙŽ Ø£ÙŽØَداً 18.49 . (So'ng har bir kishining) nomai a'moli (o'z qo'liga) qo'yilur. Bas, gunohkorlarning unda (bitilgan) narsalardan dahshatga tushib: "Holimizga voy! Bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab qo'yibdi", deyishlarini ko'rursiz. (Ular) qilgan (barcha) amallarini naqd holda topurlar. Rabbingiz hech kimga zulm qilmas. Kahf surasi;49-oyat;
Shunday qilib oxiratga bo`lgan iymon odamni har ishda nazorat qilib turadi. O`ylab javob bering: 1. Agar biz yashayotgan dunyodan o`zga dunyo bo`lmaganda edi hayot qanday bo`lar edi? 2. Nima uchun oxiratni inkor qiluvchilar orasida o`zini o`ldirish holari ko`p uchraydi? 3. Hayotimizdagi sudlar bilan oxiratdagi sudning farqlari haqida aytib bering. 4. Oxiratga iymonodamning raftoriga qanday ta`sir qiladi? 5. Hazrat Ali(a.s)bilan o`z birodarlari Aqil orasida bo`lib o`tgan voqeani so`zlab bering.
|