4-2 - Dars



IKKINCHI DARS

QIYOMAT HAYOTGA MA`NO BAG`ISHLAYDI

Agar bu dunyodagi hayotni boshqa olamsiz nazarga oiladigan bo`lsak, u holda hayot ma`nosiz bo`ladi. Buni  bu dunyoga  embrion dunyosining hech qanday ta`siri yoqdir, degan gapga o`xshatish mumkin. Agar ona qornidagi embrion aql yuritish qudratiga ega bo`lganida edi qiziq savollarni berishi mumkin edi. Masalan, nima uchun men bu tor va qorongi dunyoda mahbus bo`ldim?

 Nima uchun qon va suv ichida qo`l-oyoqlarimni qimirlatib yotishim kerak? Umrimning natijasi qanday bo`ladi?

 Qayerdan va nima uchun kelganman? 

Ammo agar unga “Sen katta hayot oldidan tayyorgarlik ko`rishing uchun, qo`l-oyoqlaring mahkam rivojlanishi va o`sihsi uchun ma`lum muddat bu dunyoda yashashing kerak, bu muddat toqqiz oydir, undan keyin bogu-roglarga , gul-daraxtlar to`lgan keng yorug` dunyoga chiqasan ”deb tushuntirilsa, u “nima uchun bu tor dunyoda yashayotganimni endi tushundim”-deydi.

Ammo agar ona qornidagi dunyosini bu keng olam bilan alloqasini uzgan holda qaralsa, u holda u dunyo qorong`i va bema`nidek tuyuladi.

Bizning bu dunyodagi hayotimiz bilan o`limdan keyingi dunyoning orasidagi aloqa ham xuddi shundaydir. Nima uchun bu dunyoda yetmish yil (ko`proq yoki kamroq) qo`l-oyoqlarimizni qimirlatib o`tishimiz kerak? Hom va tajribasiz bu dunyoda yashaymizu, tajribani qo`lga kiritib pishgan paytimizda esa dunyodan o`tamiz. Ilmu- ma`rifatda yetilganimizda qariyalikning oppoq qor uchqunlari boshimizga qo`nadi. Biz yeb-ichish, kiyim kiyish uchun o`nlab yil umr ko`ramizmi?  Tepamizdagi osmonlar, keng olam, atrofimizdagi ustozlar va olimlar hamma-hammasi faqat bizning yeb-ichishimizni ta`minlash uchun, olgan ilmlarimiz ham ana shularni bilish uchun kerakmi? Qayta tirilishga ishonmaydiganlar uchun darhaqiqat hayot bemanidek ko`rinadi. Shuning uchun bunday odamlar orasida o`zini o`ldirish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Lekin agar bu dunyodagi umrimizni oxirat uchun ekiladigan dala deb qarasak, unga eng yaxshi urug`larni ekish kerakligini va oxirat uchun zaxira qilish zaruratini tushunamiz. Dunyo oxirat hayotini o`rgatuvchi o`quv muassasi, yoki asl maqsadga eltuvchi bir ko`prikdir, uning ustidan o`tish kerak deb qarasak, hayot bemani tuyulmaydi, aksincha oxiratni obod qilish uchun kurashadigan maydon deb qaraladi. Ha, oxiratga iymon hayotga mazmun beruvchi odamni noumidlikdan qutqaruvchi bir kuchdir.

Oxiratga iymon- tarbiyat omilidir.

Oxiratda hisob-kitob borligiga etiqod qilish (bugungi kunda ayniqsa) kuchli tasirga ega. Faraz qilingki, biror davlatda yangi qonun ta`sis etidi. Unga ko`ra har kim istaganini qilishi mumkin,, sud va adliya organlari butunlay tatilga chiqdi va hech kim jinoyat uchun jazolanmaydi deb e`lon qilingan bo`lsin. Bu davlat qaysi ahvolga tushishi mumkinligini ko`zimiz oldiga keltirishimiz bilan dahshatga tushishimiz mumkin. Qayta tirilish va qiyomat ham buyuk sud hay`atiga o`xshagandir, lekin ancha katta, aniq va juda adolatli. Bunday sudning quyidagi  xususiyatlari bordir.

1.    Bu sudda na tanish –bilish va na tavsiyalar qabul qilinmaydi.

2.    Bu sudda ortiqcha dabdaba yo`qdir, har kimning ishi tezlik, osonlik va aniqlik bilan ko`rib chiqiladi.



1 2 next