2-7 - Dars



YETTINCHI  DARS

QUR`ON VA DUNYOQARASH

Bu darsni yaxshi tushunish uchun avvalo Qur`on nozil bo`lgan davrdagi zamon va muhitni ko`rib chiqish kerak bo`ladi. Hamma tarixshunos olimlarining fikricha dunyodagi eng johil mintaqasi arabiston yarim oroli bo`lib hatto usha davrdagi boshqa mintaqa odamari arablarni vahshiy deb atashgan edi. Aqida jihatidan ham ashaddiy butparast bo`lishgan. Ular tosh va yog`ochdan turli shakldagi butlarni yasab ularga sig`inishar edi va bu aqida ularning xulq atvorlariga o`z manfiy tasirini o`tkazgan edi. Hatto ba`zida xurmo mevalarini bir-biriga yopishtirib unga sig`inar, lekin qahatchilik bo`lganda bu “butlarini”yeyishar edilar. Qizlardan shunchalik nafratlanar edilarki, hatto ularni tiriklayin go`rga ko`mar edilar. Farishtalarni Xudoning qizlari deb hisoblab Allohni inson darajasiga tushirib qo`ygan edilar. Mushriklar yakkaxudolikdan qattiq taajublanar edilar. Hazrat payg`ambarimiz ularni yagona Xudoga sig`inishga da`vat qilganlarida nihoyatda taajublandilar. Qur`oni Karimda aytilishicha :

أَجَعَلَ الْآلِهَةَ إِلَهاً وَاحِداً إِنَّ هَذَا لَشَيْءٌ عُجَابٌ

 (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!"                    Sod surasi; 5-oyat

 

Kimki ularning e`tiqodlariga zid narsani gapiradigan bo`lsa albatta uni yomon qoralar edilar.  Ular qabila-qabila bo`lib yashar edilar, shuning uchun qabilalar o`rtasida hamisha qon to`kishlar bo`lib turar edi. Birovning moliga tajovuz qilish ular uchun iftixor hisoblanardi. O`qish va yozishni biladigan savodli odamlar barmoq bilan sanarli darajada kam edi, olimlar ham juda kamyob edi. Mana shunday bir muhitda o`qish va yozishni bilmaydigan besavod bir odam buyuk bir pur hikmat kitobni qavmiga keltirdi va bu kitob 14 asrdan beri o`zining jozibasini zarracha yo`qotgani yo`q balki ilm taraqqiy etgan sari bu kitobning yangi qirralari bashar uchun ochilmoqda. Qur`onning dunyo haqidagi tasviri hayratlanarli darajada  aniqdir. Unda kecha-kunduz, yeru-osmonlar xilqati , quyosh va oy, o`simliklar olami va insonning yaratilishi      va  ... lar  yagona Allohning mavjudligiga dalolat qiluvchi yaqqol nishonalar ekanligi aytiladi.  Ba`zida esa insonning qalbidagi ichki hissiyotlar haqida aytib odamzot fitratidagi yakkaxudolik haqida xabar beradi.

فَإِذَا رَكِبُوا فِي الْفُلْكِ دَعَوُا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ فَلَمَّا نَجَّاهُمْ إِلَى الْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ

Qachonki, ular kemaga minsalar (g'arq bo'lishdan qo'rqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar. Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirk keltirurlar.

Ankabut surasi; 65-oyat

Ba`zida aql yurgizishga undab, yaratilgan olamga diqqat qilishni va shunday bo`lsa Allohning qudratidan ogoh bo`lish mumkinligina aytadi:

فَاطِرُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجاً وَمِنَ الْأَنْعَامِ أَزْوَاجاً يَذْرَؤُكُمْ فِيهِ لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ وَهُوَ السَّمِيعُ البَصِيرُ



1 2 3 4 5 next