2-7 - DarsYETTINCHI DARSQUR`ON VA DUNYOQARASHBu darsni yaxshi tushunish uchun avvalo Qur`on nozil bo`lgan davrdagi zamon va muhitni ko`rib chiqish kerak bo`ladi. Hamma tarixshunos olimlarining fikricha dunyodagi eng johil mintaqasi arabiston yarim oroli bo`lib hatto usha davrdagi boshqa mintaqa odamari arablarni vahshiy deb atashgan edi. Aqida jihatidan ham ashaddiy butparast bo`lishgan. Ular tosh va yog`ochdan turli shakldagi butlarni yasab ularga sig`inishar edi va bu aqida ularning xulq atvorlariga o`z manfiy tasirini o`tkazgan edi. Hatto ba`zida xurmo mevalarini bir-biriga yopishtirib unga sig`inar, lekin qahatchilik bo`lganda bu “butlariniâ€yeyishar edilar. Qizlardan shunchalik nafratlanar edilarki, hatto ularni tiriklayin go`rga ko`mar edilar. Farishtalarni Xudoning qizlari deb hisoblab Allohni inson darajasiga tushirib qo`ygan edilar. Mushriklar yakkaxudolikdan qattiq taajublanar edilar. Hazrat payg`ambarimiz ularni yagona Xudoga sig`inishga da`vat qilganlarida nihoyatda taajublandilar. Qur`oni Karimda aytilishicha : أَجَعَلَ الْآلÙÙ‡ÙŽØ©ÙŽ Ø¥Ùلَهاً وَاØÙداً Ø¥Ùنَّ هَذَا لَشَيْءٌ عÙجَابٌ (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!" Sod surasi; 5-oyat
Kimki ularning e`tiqodlariga zid narsani gapiradigan bo`lsa albatta uni yomon qoralar edilar. Ular qabila-qabila bo`lib yashar edilar, shuning uchun qabilalar o`rtasida hamisha qon to`kishlar bo`lib turar edi. Birovning moliga tajovuz qilish ular uchun iftixor hisoblanardi. O`qish va yozishni biladigan savodli odamlar barmoq bilan sanarli darajada kam edi, olimlar ham juda kamyob edi. Mana shunday bir muhitda o`qish va yozishni bilmaydigan besavod bir odam buyuk bir pur hikmat kitobni qavmiga keltirdi va bu kitob 14 asrdan beri o`zining jozibasini zarracha yo`qotgani yo`q balki ilm taraqqiy etgan sari bu kitobning yangi qirralari bashar uchun ochilmoqda. Qur`onning dunyo haqidagi tasviri hayratlanarli darajada aniqdir. Unda kecha-kunduz, yeru-osmonlar xilqati , quyosh va oy, o`simliklar olami va insonning yaratilishi va ... lar yagona Allohning mavjudligiga dalolat qiluvchi yaqqol nishonalar ekanligi aytiladi. Ba`zida esa insonning qalbidagi ichki hissiyotlar haqida aytib odamzot fitratidagi yakkaxudolik haqida xabar beradi. ÙÙŽØ¥Ùذَا رَكÙبÙوا ÙÙÙŠ الْÙÙلْك٠دَعَوÙا اللَّهَ Ù…ÙخْلÙصÙينَ لَه٠الدّÙينَ Ùَلَمَّا نَجَّاهÙمْ Ø¥ÙÙ„ÙŽÙ‰ الْبَرّ٠إÙذَا Ù‡Ùمْ ÙŠÙشْرÙÙƒÙونَ Qachonki, ular kemaga minsalar (g'arq bo'lishdan qo'rqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar. Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirk keltirurlar. Ankabut surasi; 65-oyat Ba`zida aql yurgizishga undab, yaratilgan olamga diqqat qilishni va shunday bo`lsa Allohning qudratidan ogoh bo`lish mumkinligina aytadi: ÙَاطÙر٠السَّمَاوَات٠وَالْأَرْض٠جَعَلَ Ù„ÙŽÙƒÙÙ… مّÙنْ Ø£ÙŽÙ†ÙÙسÙÙƒÙمْ أَزْوَاجاً ÙˆÙŽÙ…ÙÙ†ÙŽ الْأَنْعَام٠أَزْوَاجاً يَذْرَؤÙÙƒÙمْ ÙÙيه٠لَيْسَ ÙƒÙŽÙ…ÙثْلÙه٠شَيْءٌ ÙˆÙŽÙ‡ÙÙˆÙŽ السَّمÙيع٠البَصÙيرÙ
|