2-5 - DarsValid bin Mug`ayra dostoni Qur`onga qarshi kurashishga da`vat etilganlarning biri Valid bin Mug`ayra edi. U bani Mahzum qabilasidan bo`lib fikru-andishada arablar orasida mashhur edi. Shuning uchun Qur`on haqida fikrlab u haqida o`z fikrini bildirishni aytdi. Payg`ambarimizga murojaat qilib Qur`on oyatlaridan bir nechtasini unga berishni aytadi. Hazrat Muhammad (S.A.O.V)unga “Hamim sajda “ surasidan tilovat qilib beradilar. Bu oyatlarni eshitgan Valid juda qattiq tasirlanadi. U o`zi bilan kelgan bani Mahzum qabilasi vakillarining oldiga chiqib shunday deydi: Allohga qasamki, hozirgina men Muhammaddan shunday so`zlarni eshitdimki, na insonning so`ziga o`xshaydi va na parilarning suxaniga o`xshaydi. Uning aytganlari qalbga halovat, o`ziga xos go`zallik, daraxt shoxidagi yetilgan mevalar kabi ildizi esa barakotli ozuqaga ega bo`lib uhar narsaga g`olib va unga hech narsa g`olib kela olmasdir. Bu xabar arablar orasida tez tarqaldi va odamlar “ Valid Muhammadning oshig`iga aylandi “- deb aytishar edi. Abu Jahl bu gaplardan ogoh bo`lishi bilan shoshiolib Validning uyiga keldi va uni o`z qavmining huzuriga da`vat etdi. Majlisga kelgan Valid shunday dedi : sizlar Muhammadni devona deb hisoblaysizmi? Unda devonalik alomatlarini ko`rdingizmi? Majlisda o`tirganlar :Yo`q- deb javob berdilar. Shunda Valid : Sizlar uni yolg`onchi deb hisoblaysizlarmi? Shu paytgacha orangizda rostgo`y va omonatdor bo`lib tanilmaganmidi?-deb so`radi. Quraysh rahbarlari “ Muhammadni nima deb ayblashimiz mumkin?â€-dedilar. Valid: “U sehrgardirâ€-dedi. Kofirlar Qur`ondan tasirlanib payg`ambarimizni sehrgarlikda ayblab odamlarni u hazratdan uzoqlashtirishni istagan bo`lsalar ham ammo “sehr†so`zining o`zi Qur`onning oddiy kalom emasligini yaqqol ko`rsatar va odamlarni Qur`on tarafga ko`priq jalb qilar edi. Vaholanki Qur`on va sehr orasida hech qanday aloqa yo`qdir. Quraysh zodagonlari xalq orasida yurib “Muhammaddan uzoqlashinglar va u bilan suhbatlashmanglar, sizlarni ham sehrlab qo`yadiâ€-deb ovoza qildilar. Lekin ularning bu urinishlari foyda bermadi va haqiqat va adolatga tashna qalblar hazrat payg`ambarimizga taraf jazb bo`lar edilar. Bizning davrimizda ham Qur`oni Karim butun olamlarga xitobini o`zgartirgani yo`q va hanuz ham shak qiluvchilarga qarata “Agar qodir bo`lsangizlar loaqal bittagina shunga o`xshash sura keltiringchiâ€- deb murojaat qilyapti. Donishmand, faylasuf, shoiru yozuvchi hamma hammaga shunday deyapti, lekin hamma Qur`on qarshisida ojiz qolyapti. Ayniqsa Masihiylar Islom dinini o`zlarining ashaddiy raqibi deb bilganlari uchun millionlab dollar pullarni sarflab bu yo`lda urinib kelyaptilar va bir lahza ham 14 asrdan beri tinch o`tirganlari yo`q. Ular inson huquqlari, demokratiya, sog`lom umr ko`rish, adolat kabi chiroyli shiorlar bilan maydonga chiqib qo`llaridan kelgancha Islomni yomon ko`rsatishga harakat qilyaptilar lekin hamma harakatlari chipakka chiqayotganliklari Qur`oni Majidning buyuk mo`jiza ekanligining yaqqol dalilidir. O`ylab javob bering: 1. Nima uchun Qur`oni Karim payg`ambarimizning eng buyuk mo`jizalari hisoblanadi? 2. Qur`on qanday qilib dushmanlarga qanday tahdid qiladi? 3. Nima uchun dushmanlar Qur`onni sehr deb atadilar? 4. Nima uchun masihiylar Islomni o`zlarining raqiblari deb hisoblaydilar? 5. Valid bin Mahzumning dostonini aytib bering.
|