2-4 - Dars



TO`RTINCHI DARS

PAYG`AMBARLARNI TANISHLIKNING ENG YAXSHI YO`LI

Shubhasiz  har qanday odamning iddiosini qabul qilish aqldan uzoqdir. Xudovand tarafidan yuborilgan payg`ambarlikni da`vo qiluvchi kimsa rostgo`y bo`lishi mumkin, shuningdek odamlar ishonchidan suistefoda qiluvchi yolg`onchi firibgar bo`lishi ham mumkin. Shuining uchun payg`ambarlikni da`vo qiluvchilarning qaysi biri rost va qaysi biri yolg`onchiligini bilish uchun ma`lum me`yorlarga aoaslanishga to`g`ri keladi. Bu meyorlar ikkita dir:

1.    da`vat qilinayotgan ishlar va da`vatning qanchalik vaqelikka mosligi;

2.    mo`jizalar va g`ayrioddiy ishlarni ko`rsata olish qobiliyati

Ruxsat avval bering mo`jiza haqida bahs yuritsak. Ba`zilar mo`jizani afsona deb qarashadi , lekin ilmiy jihatdan yondoshib qaralsa mo`jiza aslo afsona emasligi ma`lum bo`ladi. Mo`jiza sababsiz vujudga kelgan g`yrimumkin ish emas, balki oddiy odamlarning qo`lidan kelmaydigan ishlarga aytiladi. Shunday qilib mo`jizalar quyidagu shartlarga javob beradigan ishlardir:

1.    bajarish mumkin va qabul qilinadigan ishlardandir;

2.    oddiy odamlar hatto juda aqlli bo`lsalar-da mo`jiza qilishdan ojizdirlar;

3.    mo`jiza ko`rsatayotgan shaxs o`z qudratiga shunday ishonchga ega bo`lishi kerakki, boshqalarni qorqmasdan bu yo`lda bahsga chaqira oldi;

4.    hech kim mo`jiza ko`rsatgan odam kabi mo`jiza ko`rsata olmaydi, chunonchi otidan "mo`jiza" deb atalgani sababi ham shundadir

5.    mo`jiza ko`rsatayotgan odam albatta payg`ambarlikni yoki imomlikni iddio qilishi shart. (shuning uchun g`ayrioddiy ishlarni qiluvchi ustalarning sehrlarini mo`jiza deb atalmaydi.)

Bir nechta aniq dalillar:



1 2 next