2-4 - DarsHammamizga ma`lumki hazrat Iyso (a.s)ning qilgan mo`jizalaridan biri o`liklarni tiriltirish edi. O`liklarni tiriltirish mutlaqo mumkin emas degan ilmiy yoki dalillarimiz bormi? Yoki saraton kasalini davolash mumkin emas degan ilmiy dalil bormi? Beshak hozirgi paytda inson qo`lidagi ilmiy qudrati o`likni tiriltirish yoki saratonni butkul davolashdan ojizdir. Lekin shunga qaramay butun jahondagi olimlar bu yo`lda qo`lni qo`lga berib kurashyaptilar. Lekin ilohiy qudrat bilan payg`ambarlar qo`lning ishorasi bilan o`likni tiriltirish yoki dardi bedavoni tuzata olishning nima aybi bor? Ilm “men ojizman , qodir emasmanâ€-deyishi mumkin, lekin hargiz “aslo mumkin emasdirâ€-deb aytmaydi. Yoki boshqa misol keltiraylik. Oyga safar qilish maxsus raketasiz oddiy inson uchun aslo mumkin emas, lekin kimdir ilohiy qudratdan bahramand bo`lsa-yu, hech qanday raketasiz Oyga boradigan bo`lsa nima aybi bor? Agar birontasi yuqoridagi kabi g`ayri ishlarni bajarsa va shu bilan birga payg`ambarlikni iddio etadigan bo`lsa, boshqalarni ham qo`rqmasdan bu ishda musobaqaga undaydigan bo`lsa va boshqalar uning qarshisida ojiz qoladigan bo`lsa u holda to`liq ishonch bilan ayta olamizki bu odam Xudo tarafidan yuborilgan Payg`ambardir. Zero Xudovand hech qachon bunday qudratni yolg`onchi kimsalarning qo`liga topshirib qo`ymaydi. (diqqat qiling! Mo`jizalarni xurofot bilan adashtirmaslik lozimdir Bo`rttirish va ko`pirtirish hamisha haq narsalarni yomon ko`rsatib kelgan va bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi. Mo`jiza masalasida ham xuddi shundaydir. Ba`zilar har qanday mo`jizalarni inkor qilsalar, boshqa birovlar esa har narsani mo`jiza deb bo`rttiradilar. Bunday bo`rttirishlarda islom dushmanlarining ham hissasi bor bo`lib, ular nodon odamlarning ishonuvchanligidan foydalanib haqiqiy mo`jiza bilan bo`lmag`ur narsalarni aralashtirishga urinadilar, natijada mo`jizalar ham o`z jozibasini yo`qotadi. Toki mo`jizalar ana shunday yot unsurlardan tozalanmas ekan, mo`jizalarning asl chehrasi oshkor bo`lmaydi. Shuning uchun bizning islom ulamolarimiz hamisha mo`jiza haqidagi hadislarning sahih bo`lishligiga alohida ahamiyat berib kelishgan. Bugungi kunda mustamlakachilik siyosati vakillari bekor o`tirganlari yo`q, ular dindorlarning pok qalblariga asosi bo`lmagan tushunchalarni haqiqiy diniy e`tiqod bilan aralashtirib talqin qilyaptilar. Ular shu yo`l bilan mo`jizalarning hech qanday ilmiy asosi yo`q, deb ko`rsatishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun bunday shum rejalarning oldini olish uchun biz dono va ogoh bo`lishimiz zaruriydir. Mo`jiza va g`ayri oddiy ishlarning orasidagi farqlar Ko`pchilik odamlar ba`zilarning g`ayri oddiy ishlarni qilishligi haqida eshitganmiz, bu afsona emas balki bir haqiqatdir. Shuning uchun quyidagi savol tug`ilishi mumkin ‘mo`jiza va ana shunday g`ayri oddiy ishlarning orasida qanday farq bor? Bizlar qanday qilib payg`ambarlar keltirgan bmo`jizalari bilan bunday ishlarning farqiga borish uchun nima qilishimiz kerak?†Bu savolga javobini topish uchun ikki yo`lni tavsiya qilishimiz mumkin:
1. g`ayri oddiy ishlarni qiluvchilar odatda faqat ma`lum birxil ishlarni amalga oshira oladilar, boshqacha aytganda ular siz aytgan har qanday ishni bajarishdan ojizdirlar. Ular faqatgina mashq qilib o`rgangan ishlarinigina bajarishlari mumkin. Chunki insonning qudrati chegaralangandir. Ammo payg`ambarlarning mo`jizalari chegaralanmagandir, hech qanday shartlarga bog`liq emas, payg`ambarlar zarur bo`lgan taqdirda ulardan talab qilingan har qanday mo`jizani ko`rsata oladilar. Chunki bu mo`jizalar Aloh tarafidan payg`ambarlarga berilgan bo`lib, U esa tuganmas qudrat sohibidir. 2. bir murtaz (ya`ni g`ayri oddiy ish qiluvchi) boshqa bir murtazning qilgan ishini qilishi mumkin. Chunki ularning ishlari inson qudratining chegarasidan chiqmaydi. Shuning uchun murtaz boshqa murtazlarni bahs-musobaqaga da`vat etmaydi, chunki boshqalarning ichida ham xuddi shunday ishni qila oladigan odamlar ham bo`lishi mumkin. Lekin payg`ambarlar esa o`zlariga ishongan holda qarshilaridagi odamlarga tahdid qilib “agar qodir bo`lsangizlar sizlar ham shunday mo`jiza ko`rsating-chi†“agar yer yuzidagi jami insonlarni yig`ib shunga o`xshagan ishni bajarishga urinsalar-da aslo uddasidan chiqa olmaslar’deb ayta oladilar. Sehr masalasida ham yuqoridagi ikkita farqni aytishimiz mumkin. Sehr va mo`jizaning farqi ayni aytilganlardir (diqqat qiling!).
O`ylab javob bering: 1. Nima uchun mo`jiza shunday nomlanadi? 2. Mo`jiza ko`rsatish sabablar qonunidan tashqari hodisa hisoblanadimi? 3. Murtazlar ishini mo`jizadan ajratishning necha xil yo`lini bilasiz? 4. Mo`jiza ko`rsatishning asl sharti nimadir? 5. Umringizda mo`jizaga o`xshagan hodisani kuzarganmisiz?
|