1-10 - DarsOddiy bir misol bilan bu haqiqatni oydinlashtirishimiz mumkin: kimdir spirtli ichkilik yoki narkotik moddalarga odat qilsa harchand ishi yomon va organizmiga zararli ekanligi aytilgani bilan o`z bilganidan qolmaydi. Ma`lum muddatgacha kayfu-safo qilib yurgan bu odam baribir bir kun ishining zararini ko`radi, yoki sog`lig`idan ayriladi yoki boshqa baloga giriftor bo`ladi. Qilgan qisqa muddatli xatosi tufayli umrining oxirigacha zarari va azobini tortadi. Biz bu o`rinda “nima uchun atigi bir necha oy yoki bir necha yil ichkilik ichgan bo`lsa umrining oxirigacha azob tortishi kerak?â€-deya olamizmi? Agar shunday savol so`ralsa darrov o`zining qilgan ishining natijasidir, deb aytamiz. Agar ichkilik ichuvchining umri hazrat Nuh(a.s) umri kabi uzoq bo`ladigan bo`lsa azob chekishi muddati ham uzun bo`ladi. Ikkinchidan: ba`zilar fikrlarida xatoga yo`l qo`yib shunday deydilar: Jazoning muddati gunoh qilingan muddat bilan barobar bo`lishi kerak. Albatta bu fikr xato, chunki gunoh va jazo orasidagi bog`liqlik zamonga bog`liq bo`lmay, balki gunohning qanchalik yomon tasir qilganiga bog`liqdir. Masalan , bir zumda begunoh odamni o`ldirish mumkin, va ba`zi davlatlarda bu ishning jazosi umrbod zindonga mahkum etishdir. Lekin hech kim bu ish adolatdan emas, demaydi. Uchinchidan: abadiy azobda qolish shunday gunohkorlarga xoski, ular bilib turib botil yo`lga ketganlar. Qur`oni Karimda bu haqda bunday deyiladi: بَلَى Ù…ÙŽÙ† كَسَبَ سَيّÙئَةً ÙˆÙŽØ£ÙŽØَاطَتْ بÙه٠خَطÙيـئَتÙÙ‡Ù ÙÙŽØ£ÙوْلَـئÙÙƒÙŽ أَصْØَاب٠النَّار٠هÙمْ ÙÙيهَا خَالÙدÙونَ Yo'q, aslo! Kimki yomonlik kasb etsa va o'z gunohlariga botsa, bas, ana o'shalar do'zax ahlidirlar va ular u yerda abadiy qoluvchilardir. (Baqara; 81) Bunday odamlar Alloh bilan aloqalarini butkul uzgan bo`lib, najot va saodat yo`lini o`zlari uchun yopib qo`yganlar. Ular o`z qanotlarini atidan sindirib kuydirgan qushga o`xshaydilarki, uchishdan to abad mahrumdir. Yuqoridagi uchta masaladan kelib chiqib aytamizki, mangu azobda qolish faqat munofiq va kofirlarning xos guruhiga tegishlidir, bu jazo ularning qilgan amallaridan kelib chiqqandir. Lekin odamlar johil ya`ni ilmsiz bo`lib payg`ambarlar hidoyati ularga yetmagan bol`sa, u holda ularning jazolari bunday bo`lmaydi. Islom dinida shu narsaga ta`kid qilinadiki, Allohning rahmati keng bo`lib ba`zilar quyidagi yo`llarning biri tufayli azobdan omon qolishlari mumkin: Shafoat yo`li; Kechirilish yo`li; Qilingan solih amallarning natijasi bilan; Ba`zilar do`zaxda ma`lum muddat qolib keyin chiqariladi. Faqat haq bilan dushmanlikda bo`lgan ashaddiy guruhgina mangu azobda qolajakdir. O`ylab javob bering: 1. Nima uchun ba`zilar doimiy azobda qolishni adolatga zid deb aytishadi? 2. Bu dunyodagi jazolar oxirat jazolari kabimi? Agar yo`q bo`lsa buni tushuntirib bering. 3. Adolat gunoh va jazo orasoda zamonga bog`liq aloqa bo`lishi kerakligini taqozo etadimi? 4. Mangu azob kimlarga oid bo`ladi? 5. Allohning avf qilishiga kimlar va qaysi yo`l bilan erishishlari mumkin?
|