1-10 - DarsO`NINCHI DARSDOIMIY AZOB VA ALLOHNING ADOLATIMa`lumki Qur`onda kofirlarning doimiy azobda qolajaklari haqida ochiqdan-ochiq aytilgandir. وَعَدَ الله الْمÙنَاÙÙÙ‚Ùينَ وَالْمÙنَاÙÙقَات٠وَالْكÙÙَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَالÙدÙينَ ÙÙيهَا Munofiqlar, munofiqalar va kofirlarga Alloh (ular) abadiy qoladigan jahannam olovini va'da qildi. (Tavba surasi;68) Xuddi shu oyatning quyirog`ida iymonli bandalarning abadiy rohatlari haqida aytiladi: وَعَدَ اللّه٠الْمÙؤْمÙÙ†Ùينَ وَالْمÙؤْمÙنَات٠جَنَّات٠تَجْرÙÙŠ Ù…ÙÙ† تَØْتÙهَا الأَنْهَار٠خَالÙدÙينَ ÙÙيهَا Alloh mo'minlar va mo'minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan jannat (bog')laridagi pok maskanlarni va'da qildi. (Tavba surasi;71) Bu yerda shunday savol tug`ilishi mumkinki, qanday qilib yetmish yo sakson yil umr ko`radimi yo`qmi odam qilgan gunohi deb milliard yillab va undan ham ko`p vaqt azobda bo`lishi kerak? Albatta bu gap azob haqida so`raladi, chunki jannatdagi rohatning abadiyligi haqida Allohning rahmati kengdir deb tushuntiriladi. Alloh ba`zi bandalarini mangu azoblashi adolatga to`g`ri keladimi? –degan savol tug`ilishi mumkin. Bu savolga javob: birinchidan u dunyodagi jazo bu dunyodagi jazolardan farq qiladi. Masalan, agar birontasi o`g`rilik qilsa qo`lini kesish yoki zindonga qamash bilan jazolanadi. Lekin qiyomatdagi jazo insonning amalining tasiri va xosiyatidan kelib chiqqan holda bo`ladi. Bu haqda Qur`onda aniq qilib aytilgandir: Ùَالْيَوْمَ لَا تÙظْلَم٠نَÙْسٌ شَيْئاً وَلَا تÙجْزَوْنَ Ø¥Ùلَّا مَا ÙƒÙنتÙمْ تَعْمَلÙونَ Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringizga qarab taqdirlanursizlar. (Yosin;54)
|