1-9 - Dars



Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi kimsalarni Alloh mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar. (G`ofir surasi;34)

وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَإِنَّ اللَّهَ لَمَعَ الْمُحْسِنِينَ

Bizning (yo'limiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, O'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!  (Ankabut surasi;68).

Ko`rib turganimizdek Allohning hidoyat qilish irodasi shunchaki emas, balki odamning o`z irodasiga ham uzviy bog`liq. Alloh yo`lida o`z havoyi nafsi yoki dushmanlar bilan kurashuvchilarga Xudo hidoyat bo`lishlarini nasib qiladi va bu ayni adolatdir. Ammo agar zolim va sitamgarlarga Xudo hidoyat bo`lish tavfiqini nasib etmaydi. Ularning qalblari qilgan amallari tufayli qorayib zulmat bilan to`ladi. Shunday qilib Alloh ularni  qilgan amallari tufayli gumroh qilib qo`yadi. Ko`rib turganingizdek bu ham ayni adolatdir.

3.  Allohning  Ilmi azaliysi  isyon qilishning sababi hisoblanadimi?

Jabru-extiyor masalasida yana aytishimiz lozim bo`lgan bahs – jabriylarning bahonasi bo`lmish Xudoning ilmi azaliysi haqidadir. Ular bunday deydilar: Alloh falonchining falon vaqtda o`zini o`ldirishini yoki sharob ichishini bilmaydimi? Shunda “bilmaydi”  desangiz Allohning ilmi azaliysini inkor qilgan bo`lasiz, mabodo “biladi” desangiz “Alloh aytgani albatta  bo`lishi kerak”-deyishadi. Ular “Allohning ilmi azaliysidagi narsa bo`lishi kerakku!”bahonalari o`z xato va gunohlarini yashirish uchun aytilgan bahonadir. Biz ularga qarata “Alloh bizga extiyor berganini va biz bu extiyorimiz bilan yo gunoh va yo savob olishimizni biladi”-deymiz. Aniqroq tushunishingiz uchun ruxsat bering bir misol keltiraylik: aytaylik o`qituvchi o`z  o`quvchisining  tanbal ekanligini bilgani uchun yil oxirida imtihondan o`ta olmasligini oldindan bilgan. Uning bu xulosasi ko`p yillik tajribasidan kelib chiqqani uchun yuz foiz to`g`ridir. Agar yil oxirida o`quvchi imtihonidan haqiqatdan ham o`ta olmasa ustozini “Sen oldindan o`ta olmasligimni aytganing uchun men imtihondan o`tmadim”-deb ustozini malomat qilishi mumkinmi? Yoki biror avliyo gunohkorga “agar falon ishni tark qilmasang oqibatda bunday bo`lasan”-deb oldindan yomon oqibatini xabar bergan bo`lsa, usha xatokor avliyoning oldiga kelib “sen aytganing uchun shunday bo`ldi”-deya oladimi. Oldindan ogohlantirish gunohkorning extiyorini olib qo`ysh emasku axir?! Xulosa qilib aytadigan bo`lsak  Allohning ilmi azaliysi bandadan extiyorini olib qo`ymaydi va biror ishga majbur qilmaydi!

O`ylab javob bering:

1.  Necha xil hidoyat bor? Sharhlab bering;

2.  Qur`ondagi oyatlardan Alloh hidoyat va zalolat  qilishi haqidagi oyatlarni keltirib tushuntirib bering;

3.  Allohning hidoyati va zalolatini tushuntirib bering;

4.  Allohning ilmi azaliysi nima?

5.  Allohning ilmi azaliysi odamlarning extiyordan mahrum qiladimi? Misol keltirib tushuntirib bering.



back 1 2