1-9 - Dars



TO`QQIZINCHI DARS

HIDOYAT VA ZALOLAT ALLOHNING QO`LIDA

1. Hidoyat va zalolat turlari;

Agar biror musofir sizning oldingizga kelib biror adresni so`rasa, u holda siz ikki yo`ldan birini tanlab unga yordam berishingiz mumkin: 1- yoki uni to istagan manziligacha olib borib qo`yasiz va vazifangizni oliy darajada o`taysiz; 2- yoki unga yo`lni turgan joyingizdan ko`rsatib yuborasiz va har xil alomatlarni unga aytasiz; Shubhasiz har ikkala holatda ham siz unga yo`lboshchilik qilgan bo`lasiz, faqat farqi budirki, ikkinchi holatda siz faqat yo`l ko`rsatib berdingiz (olib bormadingiz).  Qur`oni Karimda aytilishicha Islom dinidagi hidoyat qilishning har ikki ma`nosi uchraydi. Boshqa tarafdan qaraganda ba`zan hidoyat faqat shar`iy, ya`ni ma`lum qonun-qoidalar dasturi asosida bo`lsa, ba`zan esa hidoyat takviniydir. Buning ma`nosi – yaratilishdagi hidoyat, masalan nutfaning harakatlanishi, quyosh va yerning harakatlari ba boshqalar. Hidoyatning turlarini ko`rib chiqqanimizdan keyion asl maqsadga o`tamiz.  Aslida biz hidoyat deganda “zalolat” qarshisidagi hidoyatni tushunamiz. Ko`p oyatlarda kelishicha, hidoyat va zalolat Xudoning qo`lidadir. Albatta beshak, Alloh to`g`ri yo`lga hidoyat qiluvchilarni yuborib hidoyat bo`lishga sharoit yaratadi. Lekin maqsadga olib borib qo`yish esa (keltirgan misolimizdagi birinchi holat) bandalarning qo`lidan extiyorni olib qo`yish deganidir. Alloh bizga to`g`ri yolni ko`rsatib, bandalarning o`z extiyorlari bilan ana shu yo`lga yurishlarini istaydi. Allohning hidoyati bu ya`ni hidoyat bo`lish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish demakdir.

2. Muhim bir savol ;

Muhim bir savol budirki, Qur`on oyatlarida “Alloh istagan bandalarini hidoyat qiladi va istaganlarini esa zalolatga boshlaydi” deyilgan. Masalan,

فَيُضِلُّ اللّهُ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي مَن يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir.  (Ibrohim surasi;4)

Ba`zilar boshqa oyatlarni hisobga olmasdan tafsirni bilmay turib darrov e`tiroz qilishga tushadilar. Masalan bunday deydilar: “agar Xudo o`zi istaganini hidoyat yoki gumroh qiladigan bo`lsa bizning nima gunohimiz bor?”   Bu o`rinda shu narsani ta`kidlab o`tishimiz kerakki, hamisha Qur`on oyatlarini bir-biriga bog`liq holda qoshib qarash kerak. Biz hidoyat va zalolat haqidagi oyatlardan bir qancha namuna keltirmoqchimiz. Bu oyatlarni o`qib kerakli xulosani o`zingiz chiqaring:

وَيُضِلُّ اللّهُ الظَّالِمِينَ وَيَفْعَلُ اللّهُ مَا يَشَاءُ

Zolimlarni esa Alloh (haq) yo'ldan ozdirur. Alloh (O'zi) xohlagan ishni qilur. (Ibrohim surasi;27)

كَذَلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُّرْتَابٌ



1 2 next