1-8 - DarsSAKKIZINCHI DARS“AMR BAYNA AMRAYN†NIMA DEGANI?1. Jabr e`tiqodiga teskari e`tiqod (tafviz) Albatta jabr etiqodining yonida uning tamoman teskarisi “tafviz†oqimi ham vujudga kelgan edi. Bu oqim tarafdorlarining e`tiqodi bo`yicha Xudovand bizlarni yaratgandan keyin hamma narsani bizning extiyorimizga berib qo`ygan, va bizning amallarimizdan butunlay begonadir . Shuning uchun odamlar hamma ishlarida mutloq mustaqildirlar. Beshak bu etiqod tavhid (yakkaxudolik)ga ziddir. Chunki tavhid bizga ta`lim berishicha, butun jahon Allohning mulkidir va hech narsa uning nazaridan chetda emas, hatto amallarimiz extiyor va irodamiz o`z qo`limizda bo`lgani bilan Allohning nazari va hukumatidan tashqarida emasdir. Boshqacha aytganda biz biri katta (dunyo va butun borliqni yaratgan)va ikkinchisi kichik butun extiyori o`z extiyorida bo`lgan mustaqil inson (kichik xudo) ikki xudoni qabul qila olmaymiz. Bu shirkdir. Muhimi budirki, biz- ham insonni extiyor sohibi va ham Xudoni insonning va uning amallarining hokimi deb bilamiz. 2. Mo`tadil nazariya maktabi Bizning etiqodimiz ikki xil nazariyalarning (jabriya va tafviz) orasidagi etiqoddir. Ya`ni biz ham Adolat ilohiyga ishonamiz, ham insonning amallarda ozod ekanligiga ishonamiz va ham Allohning yagonaligi va mutlaq hokimiyat egasi ekanligiga iymon keltirganmiz. Bunday etiqodni â€Amr bayna amrayn†deyiladi. Bu masala biroz tushunilishi qiyin bo`lgani uchun sodda misol keltirmoqchimiz. Faraz qiling siz tramvay haydovchisisiz. Elektr simi tramvay bilan elektr manbasini ulab turadi. Agar biror daqiqaga tok o`chib qolsa tramvay darrov yurishdan to`xtab qoladi. Albatta siz haydovchi sifatida yo`lingizning istagan yerida to`xtab yoki to`xtamasdan harakat qilishingiz mumkin. Lekin shu bilan tramvayingizga tok yetkazib berish uchun uni boshqarayotgan kuch borki agar u sizni tokdan mahrum qilsa u holda siz tramvayni boshqara olmaysiz, zero uni boshqarishdan ojizsiz. Agar bu misolga diqqat bilan nazar solsak ko`ramizki haydovchining ayni ozod qudratga ega paytida uni bu ozodligidan mahrum qila oladigan qudrat bordir. Bu ikki kuch birga bo`lishi hech ixtilofga sabab bo`lmaydi(biri nisbiy ozod bo`lsa biri mutloq ozod ). Boshqa misol: Faraz qiling bir odam kasalligi sababli qo`lini qimirlata olmaydi , illo agar qo`lini tok manbaiga ulangan biror dastgohga ulasak chetdan boshqarilgan holda harakat qilishi mumkin bo`lsin. Agar bu qo`l harakati tufayli biron jinoyat ro`y bersa , masalan kimningdir yuziga tarsaki tushirsa, albatta aybdor hisoblanadi. Chunki qo`lini extiyori bilan bu ishga urdi. Qo`liga dastgoh o`rnatib tok bilan ta`minlagan bu odamning qo`lini qudrat bilan taminlagan doktor esa uning qudrati ustidan hokimdir shu bilan birga kasal odamning qo`lini nimaga ishlatishda extiyori o`zidadir. Endi asl masalaga qaytsak. Xudovand bizga kuch-qudrat, aqli-hush , badan sog`lig`ini berdi va har lahza bu ne`matlarni bizga yetkazib beradi. Agar Xudo o`z marhamatini bizdan bir lahzaga bo`lsa-da darig` tutsa shubhasiz biz nobud bo`lamiz. Agar biz biror ish bajarishga qodir bo`lsak, faqat Uning qudrati tufaylidir. Hatto bizning iroda va extiyorimiz ham Uning tarafidan berilgandir. Shunday ekan biz ozod bo`lish bilan birga ayni paytda Undan qudrat olib turamiz va uning chegarasidan chetda emasmiz. “Amr bayna amrayn†deganning ma`nosi ana shudir. Biz insonni mutlaq ozod demaymiz, zero shirk bo`ladi va insonni majbur demaymiz, zero uni mazlum degan bo`lamiz. (Diqqat qiling!) bu darsni biz hazrat Muhammad (S.A.O.V) va ularning “ahli baytlariâ€dan o`rganganmiz. Ulardan Jabr va Extiyor orasida yo`l bormi? Deb so`rashganda “Ha yer va osmonchalik kenglikdagi yo`l borâ€-deb javob berishgan. 3. Qur`onda jabr va extiyor masalasi Qur`oni Karim insonning irodasi ozod ekanligi haqida yuzlab oyatlarida kelgandir. a); amr va nahiy qilubchi oyatlarning hammasi insonning extiyori ozod ekanligiga dalolat qiladi. b); fosiqlarni malomat va solihlarni madh qiluvchi hamma oyatlar; c); Qiyomatdagi savol-javob va muhokama qilinishi haqidagi jami oyatlar;
|