1-6 - DarsOLTINCHI DARSJABR VA EXTIYOR MASALASIAllohning adolati bilan bog`liq muhim masalalardan biri – jabr va extiyor masalasidir. Jabriylar e`toqodicha inson o`zidan hech extiyori bo`lmay amal va raftorida aytgan so`zlarida, a`zolarining harakatida va hamma hamma narsada moshina kabi boshqariladi. Shuning uchun Allohning adolati haqida savol tug`iladi. “Ashoira†guruhi oldingi darslarda aytganimizdek, aql yaxshilik va yomonlikni ajratishga qodir emas, deb e`tiqod qiladilar, shuning uchun ular “jabr†masalasiga etiqod qiladilar. Masalani yaxshiroq anglashimiz uchun quyidagi bahslarga e`tiboringizni qaratamiz: 1. “Jabrâ€ga e`tiqodning kelib chiqishi Har bir inson o`zining vujudida niyyatida erkin ekanligini his etadi. Masalan biror do`stiga qarz berishi yoki bermaslikni o`ylab biror qarorga keladi. Yoki chanqagan odam oldida turgan idishdagi suvni ichish yoki ichmasligi o`z extiyoridadir. Yoki bo`lmasa falonchi uni hafa qilgan bo`lsa, kechirish yoki kechirmaslik uning extiyoridadir. Boshqa tarafdan esa masalan qo`li qaltiroq odam o`zining extiyorisiz qo`lini qaltiratadi. Xo`sh nima uchun ba`zilar “Jabriya†maktabiga ergashib ketdilar? Albatta buning bir necha dalillari bor bo`lib biz bu darsda muhimlariga ishora qilamiz xolos. Insonga muhit tasir qiladi, tarbiyat tasir qiladi, turli da`vat va targ`ibotlar tasir qiladi, iqtisodiy vaziyati tasir qiladi, nasli tasir qiladi v h k z... Yuqoridagi tasirlar majmuasi go`yoki insondan extiyorini tortib oladigandek bo`ladi. Xuddi tashqi va ichki omillar odamni u yoki bu ishni qilishga majbur qilayotgandek tuyuladi. Gohida “agar bu omillar bo`lmaganda edi, men bu ishni qilmagan bo`lar edimâ€, deb o`ylaymiz. Bu omillarni “muhit jabriâ€, “iqtisodiy jabrâ€, “talim-tarbiya jabriâ€, “irs jabri†deb nomlash mumkin.. 2. “Jabriyâ€larning asosiy xatosi Jabriylar asosiy masaladan g`ofildirlarki, u ham bo`lsa sabab noqisni asl sabab bilan adashtiradilar. Muhit, tarbiya, irs, bularning hammasi odamning u yoki bu yo`lni tanlashida muhim ro`l o`ynaydi, lekin sabab asosiy emas, chunki nima bo`lganda ham va har qanday sharoitda hal qiluvchi bizning extiyorimizdir. Chunki hatto yomon va fasod muhitda pora yemay, yomon yo`lga yurmagan odamlar ko`plab topiladi. Shuning uchun ba`zi yomon oilalarda parvarish topgan solih bandalar bo`lishi mumkin. Jamiyatdagi fasodlarga chidamay inqilob qilganlar shundaylar toifasidandirlar. Agar muhitni- inson extiyorini tortib oluvchi sabablardan biri deb hisoblasak, unda yer yuzasidagi hech bir davlatda inqilob ro`y bermagan bo`lur edi. Demak yuqorida sanab o`tgan omillar (muhit, tarbiya, irs, iqtisod, siyosat) hech biri taqdirni belgilamaydi, balki malum niqdorda tasir qiladi. Insonning taqdirini uning qaysi yo`lni tanlab amal qilishi belgilaydi (u bu yo`lni tanlashda majbur qilinmagandir). 3. Jabriya nazariyasining paydo bo`lishining ijtimoiy-siyosiy sabablari Tarixda ma`lumki jabr extiyor masalasidan hukmdor toifar o`z manfaatlari yo`lida suistefoda qilishgan edi. a); Siyosiy omillar Ko`p zolim siyosatmadorlar xalqni itoatda tutib turish uchun, inqiloblarning oldini olish uchun, o`z hukumatlarini qazo va qadar masalasi bilan oqlashar edi. Ularning iddiolari bo`yicha , Xudoning qilgan taqdiri tufayli hokimlar hukumatga keladilar va ularga taslim bo`lish- taqdirga tan berish hisoblanadi. Vaholanki islomda qazo va qadar masalasida jabr aslo yo`qdir va biz o`z taqdirimizni o`zimiz tanlagan yo`l va qilgan amallarimiz bilan belgilaymiz. Qazo va qadar bizning qilgan sa`yu-harakatlarimiz orqali tayin qilinadi.
|