1-5 - Dars



BESHINCHI DARS

YANA MUSIBATLAR HIKMATI HAQIDA

Balo, ofat , musibat inson uchun og`ir hodisa bo`lganligi uchun va ko`pchilik bu qiyinchiliklarni Xudoning adolatiga to`g`ri kelmaydi deb hisoblagani uchun yana shu mavzuda bahslashishni davom ettiramiz.

1.  Qiyinchilik va turli past-balandliklar odamga ruh bag`ishlaydi

Balki sarvlahani o`qiganlar “qanday qilib qiyinchilik ruh bag`ishlashi mumkin?”- deb hayron bo`lsalar kerak. Lekin bugungi kunga kelib qiziq bir narsa kashf etilgan. Agar bironta jismni har tarafdan bir xil nur tushib turgan shar shaklidagi xonaga qo`yilsa, u holda qo`yilgan jism aslo ko`rinmaydi, zero jismni ko`rish uchun nur bilan birga soya ham kerak bo`ladi. Xuddi shunga o`xshab agar hayot bir tekis(soyalarsiz)  davom etadigan bo`lsa kam rang va qiziq bo`lmaydi. Kasal bo`lgan odamgina salomatlikning qadriga yeta oladi. Kechasi bilan isitmalab qiynalib tong ottirgan odam ertalab agar isitmasi tushgan bo`lsa subhona paytida sog`lig`ining lazzatini his etadi va har vaqt usha mash`um kecha esiga tushsa salomatlik buyuk ne`mat ekanligini yangitdan his qiladi. Eng yaxshi sharoitga ega bo`lgan hayot ham pastu-balandsiz zerikarli va charchatuvchi bo`ladi. Ba`zilar hayotlarining shu qadar yaxshiligi va hech qanday qizig`i yo`q  bo`lganligidan o`zini o`ldirishgacha yetib boradilar, yoki hayotlaridan hamisha shikoyat qiladilar. Hech vaqt  yaxshi arxitektor binoning eskizini tayyorlaganda uning devorlarini  bir tekis (qamoqxonaniki kabi) qilmaydi, balki shakl va ranglar mutanosibligi bilan bezydi. Nima uchun tabiat bunchalik go`zaldir? Nima uchun o`rmonlar, vodiylar, dengiz sohillari bunchalik o`ziga jalb qiladi? Buning aniq sabablaridan biri shuki tabiat bir xillikdan xolidir. Yorug`lik va zulmatning almashishi, kecha va kunduzning kelishi hayotga rang va ma`no bag`ishlaydi. Qur`oni Karimda bu haqda ko`p oyatlar bordir. Agar quyosh bir chetda hamisha bir xilda nur sochib turganda edi boshqa mushkilotlardan tashqari (ya`ni hayot to`xtab qolishidan tashqari), hayot o`z jozibasini yo`qotgan bo`lur edi va odamlar bunday hayotdan charchagan va zerikkan bo`lur edilar. Shularni nazarga olgan holda qiyinchiliklarning hech bo`lmasa bitta yaxshiligi borligini e`tirof etish kerak.

2.  Insonlar tarafidan bo`ladigan yasama qiyinchiliklar

Bahsimizning oxirgi qismatida ba`zi musibatlar haqida so`z yuratmoqchimizki, ularni inson o`z qo`li bilan yaratadi. Ba`zi odamlar boshlariga keladigan zulmu sitamlarni va musibatlarni Allohning adolatsizligiga yo`yadilar, vaholanki  bularni odamlar yuzaga keltirganlar. Masalan, “kambag`alni ot ustida ham it qopadi” qabilida gaplarni aytadilar. Nima uchun zilzilalar qishloqlarni vayron qiladiyu, shaharlarga bunchalik tasir qilmaydi, bunday adolat bo`ldi?-deb etiroz qiladilar.  Nima uchun kambag`allar ko`proq balolarga duchor bo`ladilar? Epidemiyalar tarqalganda ham birinchi bo`lib shunday odamlar mubtalo bo`ladilar. Lekin bu gaplarni aytayotganlar bu balolarning hech qaysinisi yaratganning adolatiga aslo dahli yo`q hodisalardir. Agar qishloqda yashovchilar ham shaharliklar kabi uylarini mahkam qilib qursalar, qishloqdagi zilzila oqibatida bunchalik ko`p qurbonlik bo`lmagan bo`lur edi. Ammo modomiki uylari sinchdan omonat qilib qurilgan bo`lsa qanday mahkamlik haqida so`z yuritish mumkin?  Shoirning “Ey Xudo birini noz-ne`matga g`arq qilding, birini esa zalil va faqir”-degan so`zlari mutlaqo asossizdir.

Bunday etiroz jamiyatdagi adolatsizlikdan ko`rish kerak.  Jamiyatdagi adolatsizlikkka barham berish kerak. Faqirlik va yo`qchilik bilan kurashish kerak. Agar jamiyatning hamma a`zosi lozim bo`lgan yeguliklar, darmonlar gigiyenik sharoitlar bilan ta`minlansa, kasalliklarga qarshi kurashish quvvati oshadi. Agar jamiyat tarafidan  ba`zilar uchun hamma sharoit yaratilsa, hatto it-mushugining alohida muolaja qiluvchi doktori bo`lsa –yu boshqalarning esa chaqalog`ini parvarish qilish uchun oddiy imkoniyati ham bo`lmasa – bu jamiyatning naqadar adolatsizligidan dalolat beradi. Bunday achinarli sahnalarning shohidi bo`lganimizda Xudoga ta`na qilmasdan o`zimizdan o`pkalashimiz kerakdir. Mazlumga qarata “zulmga qarshi kurash” deyishimiz lozim bo`ladi; jamiyatda hamma oziq –ovqat bilan ta`minlanishiga harakat qilishimiz kerak; xulosa qilib aytsak, hamma balolarni taqdirga yo`yib qo`l qovushtirib o`tirish yaramaydi. Qachon va qayerda Xudo bizga bunday hayotni tavsiya qilib aytgan? Xudo bizni erkin qilib yaratdiki, to bizlar o`z extiyorimiz bilan to`g`ri yo`lni tanlab kamolotga yetishimiz uchun. Bizlar ozodlikni noto`g`ri yo`lda ishlatib zulm qilamiz yoki zulmga bosh egamiz.  Afsuski, ko`plar noto`g`ri tushunganlar (masalan Ashoira) bu borada hatto she`rlar bitishgan. Qur`onda qisqa va lo`nda qilib bu borada bunday deyiladi:

Alloh hech qachon odamlarga zulm qilmaydi, lekin ularning o`zlari o`zlariga zulm qilurlar (Yunus surasi;44)

Shunday qilib balo va musibatlarning hikmati haqidagi bahsimiz , garchi hali bu haqda ko`plab bahslashish mumkin bo`lsa-da, nihoyasiga yetdi.

O`ylab javob bering:

1.  Nima uchun balo va musibatlar haqidagi suhbatimizni uch dars ichida ko`rib chiqdik?



1