1-3 - DarsUCHINCHI DARSOFAT VA MUSIBATLARNING HIKMATIQadim zamonlardan beri shunday toifa odamlar borlarki, ular Allohning adolatiga shak bilan qaraydilar. Ro`y beradigan noxush hodisalar Allohning adolati bilan sozgor kelmaydi. Ya`ni agar Xudo odil bo`lsa nega bunday hodisalar ro`y beradi?-deyishadi. Ba`zilar nafaqat Xudoning adolatini balki mutlaqo Xudoni inkor qilishgacha borishgan. Zilzila, to`fon, sel va boshqa noxush voqealar shular jumlasidandir. Ular nazarida odamlar orasidagi tabiiy tafovutlar ham go`yoki adolatsizlikning nishonasidek tuyuladi. Bu kabi bahslarni biz Allohning adolati mavzusida bahslashmoqchimiz. Suhbatimiz tushunarli va ahiq bo`lishi uchun uni quyidagi muqaddimadan boshlaymiz. 1. Nisbiy qazovat va chegaralangan ma`lumotlar Odatda biz biron narsa ustidan hukm chiqarmoqchi bo`lsak, o`zimizning ma`lum chegaradagi qarashlarimizdan kelib chiqamiz. Masalan, falon yer uzoq yoki yaqin deymiz. Aslida ana shu uzoq yoki yaqinlikni o`zimizning turgan yerimizga nisbatan aytamiz. Yoki falonchi zaif yoki kuchli deymiz, mana shu aytganimiz ham o`zimizning jismimizga nisbatan solishtirib aytamiz. Biron yerda yomg`ir yog`sa o`z bog`imiz yoki ishga boradigan yo`lning loyligi uchun yaxshi-yo yomon deymiz. Gohida bu yomg`irni “Allohning rahmati†desak, boshqa paytdaâ€balo†deb qaraymiz. Agar biror eski binoni qayta tiklash uchun buzishayotgan bo`lsa va biz u yerdan o`tib ketayotgan bo`lsak, chang-g`ubordan aziyat chekkanimiz uchun , garchi ana shu qurilayotgan bino odamlar hojatini chiqaradigan makon kasalxona bo`lsa ham, “buncha yomon bo`libdi†deymiz. Oddiy qarashda ilonning zaharini yomon narsa kabi boqamiz, vaholanki ilon ana shu zahari tufayli o`zini himoya qiladi. Uning ustiga ana shu zahardan inson hayoti uchun muhim dorilar olinadi. Shunday ekan agar hukm chiqarishda xato qilmay desak, o`zimizning ozgina ma`lumotlarimizga suyanmasdan har tomonlama fikr yuritishni bilishimiz kerakdir. Odatda har bir jahonda sodir bo`ladigan hodisa halqa-halqa bo`lib bir biri bilan uzviy bog`liqdir. Bugun shaharni vayronaga aylantirayotgan to`fon, yoki sel boshqa mintaqadagi hodisalar bilan bog`liq. Shu bilan birga bugub ro`y berayotgan hodisalar o`tmish va kelajak bilan ham uzviy bog`liqdir. Barmoqni bir nuqtaga qo`ygancha mana bu ish yaxshi yoki yomon deyish aqlli odamning ishi emasdir. Yana shu narsa diqqatga sazovordirki, dunyodaâ€absolyut yomonlik†yo`qdir. Yani har qanday yomonlikning yaxshi tarafi ham bordir. Masalan zilzilani olib qarasak, biron yerda vayronalar keltiradi, lekin boshqa tarafdan nazar solsak zilzila va balo haqida fikrimiz o`zgarsa ajab emas. Zilzila sababi haqida olimlar turli fikr bildirganlar. Ba`zilari yer ichki haroratining ortib ketishi natijasida desalar, boshqalar esa oyning tortish kuchi natijasida yerning ustki quruq qatlami tortilib sinishi tasiridan deb aytishadi. Nima bo`lganda ham yerning ichida juda kuchli haroratning yuzaga kelishi neft va ko`mir kabi foydali qazilmalar vujudga kelishi uchun zaruriydir. Ko`rganingizdek, zilzilani ham nisbiy yaxshiligi bordir. To`lqinlarning hayajonlanishi oyning tortishish kuchi tufayli yuzaga kelib, daryo jonivorlari uchun hayotbaxshdir, shu bilan birga qurigan sohillarni sug`orishda ham xayri bor. Mana ko`rib turganimizdek, bir yoqlama hukm chiqarish to`g`ri natijaga olib kelmaydi. Qur`onda aytilishicha: وَمَا Ø£ÙوتÙيتÙÙ… مّÙÙ† الْعÙلْم٠إÙلاَّ Ù‚ÙŽÙ„Ùيلاً Sizlarga oz ilm berilgandir. (Isro surasi;85) Shunday ekan oz ilmimiz bilan hukm chiqarishimiz ma`qul emasdir. 2. Noxush hodisalar va ogohlantirilishlar
|