1-3 - DarsHammamiz uchun sir emaski, odamlar ne`matlarga g`arq bo`lganlarida o`zlarini yo`qotib takabbur yo`liga o`tadilar. O`zlarining insoniy vazifalarini unutib qo`yadilar. Shuningdek bilamizki agar hayotimiz har qanday to`siq va monelarsiz osoyishta kechsa hayot qizig`i qolmaydi. Beshak hayotda yuz beradigan noxush voqealar yoki g`urur va takabburni sindiradi yoki g`aflatdan uyg`otish uchun xizmat qiladi. Shuningdek balki tajribali shoferlarning shikoyatlarini eshitgandirsiz. Ular yo`lning tep-tekis va qayilish va o`zgarishsiz bo`lishini xatarli biladilar. Chunki bunday yo`llar haydovchilarning uyqusiga sabab bo`ladi. Hatto ba`zi davlatlarda ana shunday yo`llarda sun`iy to`siqlarni yaratishadiki, toki haydovchilar uxlab qolishmasin deb. Odamning hayoti ham aynan shunga o`xshaydi, agar hayot bir tekis davom etsa, noxush hodisalar ro`y berib turmasa, unda odam g`aflat bosib Xudodan va o`zining vazifalaridan uzoqlashadi. Shubhasiz ba`zi hodisalar odamlarni g`aflatdan bedor bo`lishlari uchundir. Albatta biz odamlar o`z qo`llari bilan mushkilotlar yaratishlari kerak demaymiz, lekin noxush voqealar ortida hikmat yotganligini aytmoqchimiz xolos. Hidoyat nuri bo`lmish Qur`oni Majidda yozilishicha: O`ylab javob bering: 1. Ofat va balolarni etiqodga oid masala deb kimlar aytgan edi? 2. Hayotdagi ofat va balolarga misol keltiring. Siz ham shunday hodisalarning shohidi bo`lganmisiz? 3. Bir yoqlama hukm chiqarish deganda nimani tushunasiz? “Absolyut yomonlik†dunyoda bormi? 4. To`fon va zilzilalar faqat zarar keltiradimi? 5. Noxush hodisalar inson hayotida qanday musbat tasirga ega bo`lishi mumkin?
|