1-1 - DarsAdolatning ikki ma`nosi bor: keng ma`noda “har narsaning o`z joyiga qo`yilishiâ€dir, bu ma`nodagi adolatni butun yaratilgan olamda ko`rishimiz mumkin. Koinot, atomlar olamida, insonning tuzilishida , o`simlik va hayvonot olamida Allohning adolatini mushohada qilishimiz mumkin. Hazrat Muhammad(SAOV) ning quyidagi hadislarida ana shu adolat haqida gapiriladi. “Allohning adolati tufayli yeru-osmonlar barpodirâ€. Agar yerning tortish kuchi muvozanatidan chiqib ketsa edi, yoki quyosh kuchi ko`payib ketib yerni o`ziga tortib uni kuydirib kul qiladi, yoki yerning kuchi ustunlik qilib quyoshni orbitasidan chiqarib yuboradi va butun koinot hayotiga zavol bo`ladi. Agar suvni ekinni sug`orish uchun quysangiz ayni adolatdir, lekin agar begona zararli o`tlarni sug`orsangiz ayni zulm bo`ladi. Adolatning boshqa ma`nosi esa birovlarning haqiga tajovuz qilmaslik dir. Boshqa so`z bilan aytganda “adolat – zulmning aksidirâ€. Ikkinchi ma`nodagi adolat xos ma`noda va birinchi ma`nodagi adolat esa umumiy ma`nodadir. Allohning adolati haqida har ikkala ma`no qo`llanadi, lekin ikkinchi ma`nodagi adolat haqida ko`proq bahs olib boriladi. Allohning adolati deganda na birovning haqqi zoye qilinishi va na birovning haqqini birovga bermaslik tushuniladi. Zulm bu haqni olib qo`yish yoki birovning haqqini birovga berib yuborishdir. Ammo Alloh Taoloning zoti zulmning har qanday ko`rinishidan pokdir . Agar bir jamiyatda hamma odamlar fosiq va gunohkor bo`lsa-yu faqat bir nafar odam solih bo`ladigan bo`lsa Alloh Taolo albatta ana shu odamning hisobini boshqacha qiladi. “Ashoira†guruhi aytishicha agar Xudo hamma payg`ambarlarni do`zaxga tushirsa va hamma gunohkorlarni jannatga tushirsa, zulm bo`lmaydi, bu iddio asossiz va noma`qul bo`lgan gapdir. Odamning aqli bu kabi fikrlarni qabul qila olmaydi. Adolat va tenglik orasidagi farq Muhim bahsardan biri yana budirki, barobarlik yoki tenglikni zinhor adolat bilan almashtirish kerak emas. Ko`pincha adolatni tenglik deb qaraladi. Vaholanki tenglik adolatning shartlaridan emasdir. Masalan, o`quvchilar orasida adolatga rioyat qilinishini ko`rib chiqsak. Faraz qiling ba`zi o`quvchilar darslarini harakat qilib mashaqqatlar bilan yaxshi o`qisalar va ustozlari unga besh baho qo`ysa shu sinfning boshqa bir dangasa, hech dars o`qimaydigan o`zlashtirmagan o`quvchiga ham “besh†baho qo`ysa- qanday bo`ladi? Bu o`rinda ustoz tenglikka rioyat qildi lekin shu paytning o`zida adolatga rioyat qilmadi. Bu yerda tenglik- zulmga tengdir, adolatga emas. Tabiat olamida ham mana shu adolatni ko`ramiz va bu adolat tenglik emas. Masalan, katta bir nahangga chumchuqning yuragini qo`ysa qanday bo`ladi? Soddaroq aytsak, tenglikka rioyat qilaylik degan nazardan kelib chiqib bir tonnali nahangning yuragi bilan qushchaning yuragining andozasini bir xil qilib qo`yilsa adolat bo`ladimi yoki zulmmi? Agar katta bir daraxtning ildizi kichik bir niholning ildizi bilan barobar bo`lsa adolat emas zulm bo`ladi. Adolat – bu har mavjudotning layoqatiga qarab, ehtiyojidan kelib chiqib ulush ajratilishidir. O`ylab javob bering: 1. Nima uchun Allohning hamma sifatlari ichidan aynan Adolat sifati usuli din qilib qabul qilindi? 2. “Ashoira†oqimi qanday guruhdir? Ularning e`tiqodi haqida nimalar bialsiz? 3. Allohning adolatiga bo`lgan e`tiqod jamiyatda qanday tasir kuchiga ega? 4. Adolatning necha xil ma`nosi bor? Ularni sharhlab bering. 5. “Adolat†va “tenglik†tushunchalari bir xil ma`noga egami?
|