1-1 - Dars



ALLOHNING ADOLATI HAQIDA O`NTA DARS

BIRINCHI DARS

ADOLAT NIMA?

1.  Nima uchun Allohning hamma sifatlari ichidan Adolat sifatini tanladik?

Bu darsda birinchi bo`lib shu narsaga aniqlik kiritib olish lozim bo`ladiki, nima uchun ulamolar Allohning adolat sifatini usuli dinning bir usuli deb tanlab olishgan?

Alloh Olimdir, Qodirdir, Odildir, Hakimdir, Rahmondir, Rahimdir, Azaliydir. Abadiydir, Xoliqdir, Roziqdir, ... nima uchun endi aynan Odildir sifatini tanlashdi? Bu savolga javob berish uchun avval bir nechta masalaga e`tiboringizni qaratmoqchimiz.

1.  Allohning adolati muhim ahamiyatga ega bo`lib boshqa sifatlar bu sifat (ya`ni adolatdan ) kelib chiqqandir. Adolat ya`ni har narsani o`z yeriga qo`yishdir.

2.  Qayta tirilish masalasi ham adolatga borib taqaladi. Payg`ambarlar yuborilishi imomlar tayinlanishi ham adolatdan kelib chiqqandir.

3.  Islom dini kirib kelgan dastlabki davrda Allohning adolati yuzasidan firqalar orasida kelishmovchilik kelib chiqqan edi. “Ashoira” guruhi (Ahli sunnatning bir toifasi) Allohning adolatini butunlay inkor qiladilar. Ularning aytishicha Alloh borasida adolat va zulm haqida gapirish bemanidir. Butun olam uning mulkidir, har ishni qilsa – ayni adolat bo`ladi. Ularning fikricha, aqlimiz yaxshi va yomonni ajratish qobiliyatiga ega emasdir.

Ahli sunnatga tegishli boshqa bir oqim “mo`taziliylar”  va “shialar” Allohning adolatiga iymon keltirganlar, ularning e`tiqodicha, Alloh hech qachon zulm qilmaydi. Mana shu ikki xil qarash tufayli “mo`tazila” va “shia” larni “adliya” guruhiga mansub deyishadi, birinchi xil guruhni esa “g`ayri adliya” deyishadi. Shialar o`zining usuli dini ichiga “imomat”ni ham kiritgandir. Binobarin qayerdaki “adl ilohiy” va “imomat” haqida gap ketsa demak gap   shialar haqida ekan.

4.  Ahkom aqoid asosida qurilgani uchun, jamoyatda adolat muhim rol o`ynagani uchun adolat usuli din qilib tanlandiki, toki jamiyatda unga ko`proq rioyat qilinsin. Masalan, Allohning yagonaligi zoti, sifati, ibodat birligiga va jamiyatda odamlar birlashishini quvvatlaydi. Buyuk olam adolat asosida ustivordir, kishilik jamiyat ham adolatsiz  ustivor bo`la olmaydi.

2. Adolat nima?



1 2 next