0-10 - Dars (B)



5.  Mudrik, ya`ni har narsani dark qiluvchi;

6.  Qadim, ya`ni azaliydir hamisha bor bo`lgan;

7.  Mutakallim, ya`ni havoda to`lqinlarni yuborib payg`ambarlar bilan gaplashishi, lekin bu degani Uning og`zi, labi bor degani emas;

8.  Sodiq, ya`ni rostgo`y; zero yolg`on gapirish nodonlik tufayli yoki zaiflik va notavonlik yuzasidan bo`ladi;

Xudovand jism emasdir

Mashhur salbiy sifatlar

1.  Murakkab emas, yani tarkiblardan tuzilgan emas, zero agar qismlardan tuzilgan bo`lganda edi bu qismlariga ehtiyoji bo`lar edi, lekin Xudovand hech narsaga ehtiyoji yo`qdir;

2.  Xudovand jism emasdir, chunki agar jism bo`lganda edi ma`lum makonda chegaralanib qolgan bo`lur edi, lekin U benihoyatdir;

3.  Xudovand ko`zga ko`rinmasdir, agar ko`zga ko`rinadi desak Uni jism deb va chegaralagan  bo`lamiz;

4.  Xudovand makonga ega emas, chunki jism emas;

5.  Xudovandning sherigi yo`q , agar sherigi bo`lganda edi chegaralangan bo`lib qoladi, chunki ikkita chegarasiz mavjudot bo`lishi mumkin emas. Uning ustiga dunyodagi yagona tizim yaratuvchining yagonaligidan dalolat beradi;

6.  Allohning maoniysi yo`qdir, ya`ni uning sifatlari ayni zotidir;

7.  Alloh muhtoj emas, balki behojatdir. Zero chunki bepoyon zot hech tarafdan muhtoj bo`lmaydi;

Qur`on Karimda aytilishicha “ hech narsa u kabi emasdir”.

(Sho`ro surasi; 11-oyat)

O`ylab javob bering:

1.      Shu paytgacha uchta xudolilar haqida eshitganmisiz? Ikki xudolilar haqidachi?Allohning yagonaligiga boshqa dalillar keltiring

2.      Shu paytgacha uchta xudolilar haqida eshitganmisiz? Ikki xudolilar haqidachi?



back 1 2