0-10 - Dars (B)O`NINCHI DARS ( DAVOMI)ALLOHNING SIFATLARI HAQIDABo`ling Allohning borligiga ishonishdan ko`ra Allohning sifatlarini tanish qiyinroqdir. Nima uchun deysizmi? Chunki Xudovandning hech bir sifati bizga va biz biladigan boshqa narsalarga aslo o`xshamaydi. Shuning uchun Allohni tanish uchun qo`yiladigan birinchi qadam bu maxluqlarning har qanday sifatlarini Allohdan uzoq bilishdir. Boshqa so`z bilan aytganda Allohni hech bir maxluqqa o`xshatmaslikdir. Mana shu yerga kelganda qiyinchilikka duch kelamiz, zero biz tabiat qo`ynida tug`ilib uning qo`ynida yashaymiz. Biz har bir narsani tushunish uchun uni ko`z oldimizga keltirishni yaxshi ko`ramiz shuning uchun Allohni ham biron maxluq ko`rinishida tasavvur qilamiz. Biz biladigan har bir narsaning makon yoki zamonga xosligiga odat qilganimiz uchun ham Allohni ham ana shunday chegarada ko`rishni istaymiz. Vaholanki, Xudovand har qanday makon va zamondan pok zotdir. Uning jismi yo`qdirki, ma`lum fazoni egallaydi desak, lekin shu bilan birga bu zot hamma makon va zamonni o`rab oladi va har tomonlama benihoyatdir. Ko`rib turganingizdek, buni tushunish oson ish emasdir, lekin shu narsani ham aytish kerakki, biz hech qachon Allohning zoti haqida komil tasavvurga ega bo`la olmasmiz. Butun boshli okeanni kichik bir akvariumga solmoqchi bo`layotgan odamdek, yoki onaning qornidagi ko`dakning yorug` dunyodagi hamma narsadan boxabar bo`lmoqchidek narsa. Ya`ni insonning aqli Alloh Taoloni komilan dark qilishdan ojizdir . Shubhalar odamlarni to`g`ri yo`ldan adashtirib qo`yishi hech gap emas. Shuning uchun tosh va loylardan but yasashga va sig`inishgacha borganlar. Allohning jalol va jamol sifatlari Allohning sifatlari ikki guruhga bo`linadi: subutiya sifatlari , ya`ni Alloh Taoloning bor sifatlari va salbiy sifatlar, ya`ni Alloh Taolo bunday sifatlarga ega emas va ulardan pokdir. Endi bunday savol tug`ilishi mumkin: Allohning nechta sifati bordir? Savolga javob : bir tarafdan qaraganda benihoyat kopdir, chunki har qanday kamolot sifatlari Allohga xosdir va har qanday nuqsondan pokdir. Nuqson va kamolot darajalari darajalari bilan farqlangani uchun qisqagina qilib aytishimiz mumkinki: Alloh Taolo barcha kamolotlar egasi va barcha nuqsonlardan pok zotdir. Allohning subutiy va salbiy sifatlari benihoyadir. Mashhur subutiya sifatlar 1. Olim ya`ni har narsani bilguvchi; 2. \Qodir, ya`ni har narsaga qodir; 3. Hay, ya`ni tirik; 4. Murid, ya`ni iroda sohibi;
|