0-10 - Dars (A)O`NINCHI DARSZARRACHALAR OLAMIBizlar mo`jizalarga to`la bu dunyoning bag`rida yashayotganimiz uchun uning bu mo`jizalaridan hech hayratlanmaymiz, chunki ularga odat qilganmiz va ular bizga oddiy tuyuladilar. Masalan 1. Mayda hasharotlar olamiga diqqat qilsak jussalari bir ikki mm dir . lekin ularning qo`l-oyoqlali, ko`zli quloqli va hatto miyaga ega bo`lishlari , asab sistemasi va hazm qilish tizimining mabjudligiga hayron qolasan. Agar bir chumolining miyyasini mikroskop ostiga olib qarasak unda badanning har qismatiga xos boshqaruvchi qismlardan iborat ekanligini ko`ramiz. Bu miyya shunday murakkab tuzilishga ega ediki, biror-bir kichik o`zgartirish kiritish tufayli chumolida falajni yuzaga keltirishi mumkin. Hayratlanarlisi budaki. Ninaning uchidek keladigan bu organda bir dunyo hissiyotlar va zakovatlar yashiringan edi. Olimlar umrlarini bu kichik bir hasharotni o`rganish uchun sarflab hali uning sirlari tagiga yeta olmayaptilar. Mana shunday mavjudotni ninaning uchidek andozada ham aqli va shuuri bo`lmagan tabiat yaratganmi? 2. Sirlarga to`la dunyomizning hozirgacha tanilgan eng kichik zarrasi – atom va uning qismlaridir. Atomlar shunchalik maydalarki uni hatto kuchli mikroskoplar ham ko`rishdan ojizdirlar. Agar atomlarning naqadar maydaligi haqida tasavvur qilmoqchi bo`lsak bir tomchi suvda yer yuzidagi bor yo`q mavjudotlarning sonidan ko`proq miqdorda atomga egaligini bilishimiz kifoya qiladi . agar nozikkina bir imning bir sm.ida nechta proton borligini bilmoqchi bo`lsak va bu ish uchun ming nafarni da`vat etsak, va har bir soniyada bitta protonni ajratsak u holda uni sanab bol`ish uchun kechayu- ku kechayu- kunduz timnasdan ishlansa 30dan to 300 yilgacha vaqt kerak bo`ladi . agar bir santimetr simning o`zida shuncha ko`r atom bo`ladigan bo`lsa, butun boshli osmon va yerda tog`u-toshlarda butun quyosh sistemasida qancha atom bor ekan? Sonini ham tasavvur etish odamzotga qiyin bo`lgan holda bularning hammasini hisob-kitobi aniq bo`lgan Zot yaratganligi ayon va oshkor haqiqatdir. Atomlar haqidagi ilm bugungi kunda muhim ilmlardam hisoblanadi. 1. Atomlarning hozirgacha kashf etilgan soni 110tadan oshgan. Ulardagi elektronlar soni 1 dan 100 dan ortiq bo`lishi mumkin. Bular shuursiz tabiatning ishidir deya olamizmi? 2. Tortishish kuchi; ikki manfiy zaryadga ega bo`lgan zarrachalar o`zaro tortishish kuchiga egadir. Zero manfiy zaryadli elektronlar musbat zaryadli protonlarga tortiladi. Elektronlar heytronlar atrofida aylanishi bilan markazdan qochma kuchni yuzaga keltiradilar. Bu kuchlar elektronlarni neytrondan uzoqlashtirib turadi, boshqa tarafdan esa turli zaryadlangan zarrachalar tortiladi. Agar aniq hisob-kitob bo`lmasa edi, bunday qarama0qarshi kuchlarni muvozanatda saqlab turish mumkin bo`larmidi? 3. Har bir narsa o`z harakatidadir; yuqorida atib o`tganimizdek atomlar yuzdan ortiq elektriga ega bo`lishlari mumkin. Lekin bu elektronlarning hammasi bir xil yo`nalishda harakatlanmay, balki hammasi o`ziga xos orbita bo`ylab va muayyan vaqtda ma`lum tezlik bilan harakatlanadi. Millionlab yillar bo`yi ma`lum masofani saqlagan holda biror o`zaro to`qnashuvlarga duch kelmay aniq o`lchov bilan harakatlanayotgan zarrachalarni kim boshqaryapti? 4. Atomlarning buyuk qudrati 1945 yilda suvsiz va o`simliksiz qurib yotgan Meksikaning bir sahrosida atom bombasini sinash ishlari amalga oshirildi. Bunda kichkinagina bir bomba po`latdan yasalgan minoraga qarab otildi. Portlashdan keyin po`lat minora erib suvga aylandi va keyin bug`lanib ham keldi. Baland ovozli bu portlashdan keyin olimlar borib qarashsa minoraning hech qanday asari qolmagan edi. Usha yilning o`zida ikkita kichkina atom bombasi Yaponiyaga tashlandi. Biri Nagasaki va ikkinchisi- Xirosima shahriga tashlangan bombalar tufayli , Nagasakida 70 ming odam o`lib yana shuncha odam og`ir yaralandi. Hirosimada esa 30-40- ming odam nobud bo`lib xuddi shu miqdorda yaradorlandi. Atomlarning turli mo`jizalarini mutolaa qilishning o`zi olamning yaratuvchisiga dalolat qilishga kifoyat qilmaydimi? Olamning mo`jizalari soni undagi atomlar sonidan kam emasdir. Qur`oni Karimda aytilishicha: 31.27 . Agar yer yuzidagi (bor) daraxt qalamlar bo'lib, dengiz (siyoh bo'lsa va) undan so'ng yana yetti dengiz unga yordam bersa, Allohning so'zlari tugamas. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir. (Luqmon surasi, 27-oyat)
|