0-9 - DarsTO`QQIZINCHI DARSHASHAROT VA GULLARNING DO`STLIGIBahorning havo asta-sekin isiy boshlagan bir kunida bog` yoki ekinzorga bir boqing. Dasta-dasta mayda o`ynoqi hasharotlarni ko`rishingiz mumkin. Asalarilar tillarang pashshalar, kapalaklar va boshqalar gullar tomon harakat qilishlarini unga qo`nib bir pas turib boshqasiga borib o`tirishlarini zerikmasdan soatlab tomosha qilishingiz mumkin. Ular shunchalik o`z ishlari bilan ovoradurlarki, go`yoki tepalarida birov turib ularga farmon berib turgandek. Bu jajji mavjudotlarning qilayotgan ishlari juda muhimligini tasavvur eta olamizmi/ professor Reluinning aytishiga qaraganda agar hasharotlar bo`lmaganida edi qancha mevalardan bebahra qolgan bo`lur edik. Biz uning aytganiga qo`shimcha qilib “Agar hasharotlar bo`lmasa, bog` va ekinzorlar o`zining tarovatini yo`qotgan bo`lur edi-deb aytamiz. Chunki hasharotlar gul va boshqa ekinlarni parvarish qilishadi. Balki nima uchun bunday deganimizga taajublanayotgan bo`lsangiz kerak. Chunki ekinlarning ilqohi ya`ni juftlashishi hasharotlarning yordamida amalga oshadi. O`simliklarning ham hayvonlar kabi ikki jinsli bo`lishi haqida eshitgan bo`lishingiz kerak. Hayvonlarning ko`payishi bir-birlari taraf qilgan harakatlari orqali bo`lishini ham bilasiz. Lekin ekinlarchi? Ular bir yerda o`sib turganlari holda qanday qilib ko`payadilar? Mana shu yerda hasharotlar ko`makka keladilar. Lekin bu jarayon biz o`ylagandek sodda emasdir. Bu “nikohlanish†hasharotlarning sovchiligida amalga oshadi, va o`ziga xos tarixiga ham egadirki, biz uning bir qismiga ishora qilamiz. Samimiy va eski ikki do`st Biologlarning fikricha yerda o`simliklar vujudga kelgan davrda hasharotlar ham vujudga kelganlar . bu ikki mavjudot qadimdan qalin do`stdir. Gullar o`z do`stlarini o`ziga jalb qilish uchun o`zidan xushbo`y shira ajratadilar, gullarning narlaridan yig`ilgan urug`larni hasharotlar moda gullarning bag`riga qo`nib unga shikast yetkazmay to`kadilar. Ba`zi botaniklarning fikricha gullarning chiroyli rangi ham hasharotlarni jalb etishda muhim rol o`ynaydi. Asalarilar ustidan olib borilgan tajribalar natijasida aniqlanishicha, ualr ranglarni yaxshi ajratadilar va hidni seza oladilar. Darhaqiqat gullar o`zlarini hasharotlar uchun xushbo`y va chiroyli qilib ko`rsatadilar, natijada kapalaklar va asalarilar ularga mahliyo bo`ladilar, gullarning shirasining bir qismini gulda qoldirib ko`proq qismini o`ziga oluvchi asalarilar uni o`z uyalarida zaxira qilib yig`ib qo`yadilar, ya`ni bu ishda ham gullar foyda ko`radi vaham asalari o`ziga ozuqa jamg`aradi. Shunung uchun bu ikki do`stning do`stligi mangudir. Xudoni tanish darsi Hasharotlar va gullarning hayotini kuzatgan va mutolaa qilgan inson zehnida “bu muhabbat va aloqani bular orasida kim o`rnatdi ekan?†degan savol tug`iladi. Gullarga bu xushbo`y va shirin nektarni kim bergan? Hasharotlarning nozik badanlari va oyoqlarini kim yaratgan? Nima uchun asalarilar ma`lum muddat faqat bir xil gullar taraf boradilar? Nima uchun hasharotlar va o`simliklarning paydo bo`lishi bir paytga borib taqaladi? Biror odam bu hamma yaratilishlarning shunchaki tasodifiydir deb ayta oladimi? Nahotki shuursiz tabiat anashunday hayratli sahnalarni yaratgan bo`lsa? Hargiz! Bunday bo`lishi mumkin emas! Qur`ini Karimda aytilishicha: 16.67 . Xurmo va uzumlarning mevalaridan esa aroq va go'zal (halol) rizq olursizlar. Albatta, bunda ham anglaydigan qavm uchun alomat bordir. 16.68 . (Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (bo'yruq) qildi: "Tog'larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan narsalarga in quringiz. ( Nahl surasi 67,68-oyatlar). O`ylab javob bering:
|