0-6 - Dars



OLTINCHI DARS

XUDONI TANISHNING IKKINCHI YO`LI

Atrof-muhitga oddiy nazar solishimiz bilan dunyodagi bor narsalar shunchaki tartibsiz holda emas, balki ma`lum nizom asosida qurilganligiga amin bo`lishuimiz mumkin. Go`yoki tartib qoidaga bo`yinsungan lashkarlar armiyasi muayyan maqsad taraf ketayotgandek. Quyidagi nuqtalar bu narsaga isbot qilish uchun yordam beradi:

1. har bir tirik mavjudotning yashab ketishligi uchun ma`lum shart-sharoit yaratilishi lozimdir. Masalan, bir daraxtning o`sib-unishi uchun tuproq, suv, munosib havo, issiqlik, yorug`lik kerak bo`ladiki, agar donni eksak va yaxshilab oziqlantirsak, ekin yaxshi nafas ololsa ko`karib o`sishi mumkin bo`ladi. Agar yuqoridagi sharoitlar bo`lmasa ekin o`sib una olmasligi aniqdir. Bu sharoitlarni bilib yaratish esa ilm, aql sohibining qo`lidangina  kelishi mumkindir.

2. har bir mavjudotning o`ziga yarasha xosiyati bordir. Olov kuydirsa, suvning ham o`ziga xos xususiyati bordir va bu xosiyatlarni bu moddalardan aslo ajratib bo`lmaydi.

3. dunyodagi barcha mavjudotlar o`zaro chambarchas bog`liqdirlar.misol tariqasida odam organizmini olishimiz mumkin. Inson badanining o`zi butun boshli bir olam hisoblanadi. Yuqori aniqlikda ishlovchi badan azolari o`zaro hamohang holda ishlaydi. Masalan, xavfli vaziyatda organizm o`zaro birikib mudofaa uchun kurashadi. Bu kichik olamdagi tartib-qoida go`yoki ulkan olamdagi tartib-qoidaning kichraytirilgan modeli kabidir va olamning yagona nizomga bo`ysunishining dalilidir.

4. butun olamga tashlaydigan nazarimiz shuni bizga ma`lum qiladiki, tartib –qoida faqat bir organizm miqyosidagina emas, balki keng bu olamda ham mavjuddir.  Masalan, tirik mavjudning parvarishi uchun quyosh yorug`lik va issiqlik beradi, bulut yomg`irga aylanadi, shabada esadi, yerdagi moddalar oziqlantiradi v h k z ... bularning hammasi olamning yaxlit bir sistemaga bo`yinsunushidan dalolat beradi.

Tartib-qoida va aqlning  o`zaro aloqasi

Har bir oqil odam uchun shu narsa aniqki, qayerda tartib intizomga asoslangan sistema bo`lsa bu sistemani boshqaruvchi aql sohibining borligidan nishonadir. Masalan, bir ko`r va besavod odam hech vaqt chop qiluvchi mashina bilan yaxshi bir insho yoki maqola yoza olmasligi aniqdir.

 Yoki ikki yashar go`dak qalamni qo`liga ushlab o`zicha xatlar chizib chiroyli bir san`at asarini yarata olmaydi.  Aksincha agar biron yaxshi maqolani o`qib qolsak, uni yaxshi bir muallif yozganligini tushunishimiz mumkin. Yoki biron muzeyda chiroyli san`at asarini ko`rsak rassomning iste`dodiga qoyil qolamiz. Bu xulosalarga  hatto maqola muallifi yoki rassomni tanimasak ham asarlarini ko`rishimiz natijasida kelishimiz mumkin.  Binobarin biror dastgohning nazmu-intizomi qanchalik chuqur bo`lsa bu dastgoh ixtirochisi muhandisning yuqori malaka va aql-zakovatidan darak beradi. Bu fikrni isbotlash uchun ehtimollar nazariyasidan foydalanishimiz mumkin. Masalan, bir savodi yo`q odamning chop mashinkasi oldiga o`tirib olib istagan tugmalarni bosishi yo`li bilan tasodifan she`r yoki maqola yoza olish  ehtimoli uchun miliardlab yil talab qilinadiki, buning uchun butun boshli kurrai zaminning umri ham yetmaydi!

Qur`oni Majidda aytilishicha:

41.53 . Toki ularga u (Qur'on)ning haq ekanligi aniq ma'lum bo'lgunicha, albatta, Biz ularga atrofdagi va o'z vujudlaridagi alomatlarimizni ko'rsatajakmiz. Axir, (ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani kifoya emasmi?!  Fussilat surasi; 53-oyat;



1