Shukur qilishning haqiqiy ma’nosiHazrat Dovud (a.s) Xudodan bunday deb so’ragan ekan: Bor Xudoyo, qanday qilib shukringni ado etsa bo’ladiki, uning natijasida O’zingning roziligingni qo’lga kiritish mumkin bo’lsin? Bunday javob kelgan ekan: Ey Dovud, a’to etilgan ne’matlarni uning nima maqsadda ishlatilishini buyurgan bo’lsam, usha yo’lda ishlatgin. Har ne’matni o’zining tayin etilgan maqsadida ishlatish – shukurning ayni o’zidir! Yuqoridagi rivoyatdan shunday natijaga kelish mumkin: agar banda berilgan ne’matni o’zi tayinlangan yo’lda sarflanmasligi – noshukurchilikning aynan o’zi bo’ladi. Shukur qiluvchi bandalardan bo’lishimiz uchun birinchi bo’lib, ne’mat a’to etuvchi Yaratganni yaxshilab tanib olaylik. Ikkinchi bosqichda esa, berilgan ne’matlarni yaxshi tanib olaylik. Uchinchidan, bu ne’matlar nima uchun a’to etilganligini bilib, faqat shu yo’lda ishlataylik. Bu yo’l bilan o’zimizning dunyo va oxiratdagi baxtimizni ta’minlab olaylik. Alloh a’to etgan ne’matlarni havoyi havas yo’lida shaytonga “bandalik†yo’lida sarf qilmaylik. Chunki bu holda hech narsa bizni Allohning azobidan qutqara olmaydi va usha Shayton ham o’ziga ergashganlardan yuz o’girib, sizlarni men zo’rlaganim yo’q- deb aytadi. Agar Shaytonning birgina rost gapi bo’lsa, u ham aynan yuqoridagi so’zlaridir. Darhaqiqat, Shayton faqat vasvasa qilib yo’ldan uradi va hech kimni kuch bilan o’ziga ergashtirmaydi, gunohkorlar o’zlari maylu- rag’bat bilan unga ergashadilar. Ehtiyot bo’laylik, Allohning ne’matlari (sog’lik-salomatlik, molu-dunyo, xotin bola-chaqa va …)bizni mag’qur qilib, Allohdan uzoqlashtirmasin! Berilgan ne’matl;ardan to’gri foydalanish yo’lini sa payg’ambarimiz (saov) va avliyolardan o’rganaylik. Hazrat rasululloh (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar: قَالَ رَسÙول٠اللّه٠صلى الله علیه Ùˆ آله: لا یَزÙول٠قَدَم٠عَبْد٠یَوْمَ الْقÙیامَة٠مÙنْ بَیْنَ یَدَى٠اللّه٠عَزَّ وَجَلَّ Øَتّى†یَسْأَلَه٠عَنْ أَرْبَعَ Ø®ÙصالÙ: عÙمْرÙÙƒÙŽ ÙÙیما Ø£ÙŽÙْنَیْتَه٠وَجَسَدÙÙƒÙŽ Ùیما أَبْلَیْتَه٠وَمَالÙÙƒÙŽ Ù…Ùنْ أَیْنَ اكْتَسَبْتَه٠وَأَیْنَ وَضَعْتَه٠وَعَنْ ØÙبÙّنا أَهْلَ الْبَیْت٠Ùَقَالَ رَجÙÙ„ÙŒ Ù…ÙÙ†ÙŽ الْقَوْم٠وَما عَلامَة٠ØÙبÙّكÙمْ یا رَسÙولَ اللّه٠Ùَقالَ Ù…ÙŽØَبَّة٠هذا وَوَضَعَ یَدَه٠عَلى†رَأْس٠عَلÙÙ‰ بْن٠أَبىâ€Ø·Ø§Ù„ÙبÙâ€Â« بØار الأنوار: 27/ 103ØŒ باب 4ØŒ Øدیث 70.». Banda Alloh Taolo qarshisida to’rt narsa haqida so’ralmay iloji yo’q: umringni, badaningni nimalarga ishlatding? Molu-dunyoingni qaysi yo’l bilan topding va qaysi yo’lda xarajat qilding? Payg’ambar (saov)oila a’zolariga muhabbatli bo’lib yashadingmi? Shunda u yerda turgan arablardan biri: Sizning oilangiz a’zolariga muhabbatli bo’lish nima?-deganda, ul zot ko’rsatkich barmoqlari bilan Ali ibn Abi Tolib (a.s)ga ishora qildilar. Qiyomat kunida berilgan ne’matlardan savol-javob bo’ladi. Umrning shukri –bu Allohga toat ibodat qilish va jamiyatga foydali shaxs bo’lib yashashdir. Badan shukri – ibodat qilish va gunohdan saqlanish, molning shukri- halol yo’l bilan topib halol yo’lda sarflashdir, zakotini ado etishdir. Ahli baytga muhabbatli bo’lish esa, ularning qilganlarini qilib yashashdir, zero ular paygambarimiz sunnatlarini ummatga o’rgatuvchi ustozlardir. Hazrat Ali (a.s) farzandlari imom Hasan (a.s)ga bunday deb vasiyat qilgan edilar:
|