0-4 - Dars



TO`RTINCHI DARSMUHIM

MUHIM BIR SAVOLGA JAVOB

Oldingi darsda shu nuqtaga kelib yetdikki, hamisha qalbimizda tavhid sadosini eshitamiz ayniqsa og`ir damlarda ko`proq his qilamiz. Bu o`rinda shunday savol tug`ilishi mumkinki, biz fitriy deb nomlagan sado maktabu-madrasa yoki ota-pnaning tarbiyasi natijasida kelib chiqqan odat emasmikan?

Javob: Bu savolga javob berish uchun qisqagina muqaddimaga muhtojmiz. Odat va rasm-rusumlar o`zgaruvchan va noturg`un hisoblanadi. Biz hech bir xalqni topa olmaymizki, tarix davomida rasm-rusumlari o`zgarmas bo`lib qolgan bolsin.  Bugungi kunda odat bo`lgan narsalar ertaga kelib o`zgarishi mumkin, shuning uchun ba`zi xalqlarga odat bo`lgan udumlar boshqa xalqlarda uchramasligi mumkin. Binobarin agar butun tarix davomida millatlar orasida saqlanib qoladigan odatlarni fitriy deb hisoblash mumkin. Masalan onaning farzandiga bo`lgan mehrini tablig` va ta`lim orqali yuzaga kelgan deya olmaymiz. Zero hech bir zamonda va hech bir qavm tarixida onaning bolasiga nisbatan bemehr bo`lgani kuzatilmagan.  To`g`ri ruhiy nooromliklari tufayli o`z bolasini o`ldirgan onalar ham bo`lgan, yoki johiliyat davrida o`z qizini tiriklayin ko`mgan otalar ham bo`lgan. Lekin bunday holatlar nihoyatda kamyob va istisnoiydir.

Yuqorida tilga olingan muqaddimadan so`ng xudoparastlik masalasida o`tmishdagi va bugungi kundagi holatiga nazar solaylik. (Bu dars ko`proq diqqat talab qiladi).

1. Donishmand va tarixchi olimlarning guvohliklariga ko`ra hech bir davr va zamon yo`qki, unda bashar biron diniy e`tiqodsiz yashagan bo`lsin. Har bir asr va har bir makonda diniy e`tiqod odamlarda bo`lgandir. Zero dindorlik rasm-rusum emas, ballki fitriy bir ehtoyoj ekanligiga bir dalildir. Agar qalbdan chiqqan fitriy ehtiyoj bo`lmaganida edi, bu qadar davomli va keng yoyilgan bo`lmagan bo`lur edi. Hattoki tarix yozish boshlanmasdan burun ham diniy aqidalar bo`lganligi haqida muarrixlarning dalillari bordir.  Albatta ibtidoiy tuzumda odamlar bilmaganliklari tufayli Xudoni tabiiy mavjudotlar orasida qidirishgan va o`zlari uchun tabiiy maxluqotlardan butlar yasab ularga sig`inganlar. Lekin hayotning taraqqiyoti orqali odamlarning fikrlashi kuchayganligi sababli haqni tanishni boshladilar va bu moddiy tabiatning orqasida buyuk nomoddiy kuch borligiga ishonch hosil qila boshladilar.

2. Psixologlarning aytishlaricha insonda to`rt asliy his mavjuddir:

a); bilishga intilish hissi. Bu his insonni ilmu ma`rifat tomon yetaklaydi. Bu ilmlar gohida moddiy manfaatlar keltirsa gohida esa keltirmaydi, lekin inson baribir ilm va izlanishda bo`ladi.

b); yaxshilik qilish hissi. Bu his insonni ezguluk qilishga undaydi.

c); go`zallik hissi. Inson hamisha go`zallikni xushlaydi va unga intiladi.

d); dindorlik hissi. Bu his insonni rabbisini tanishga undaydi va unda sig`inishga ehtiyojini yaratadi.

3. Kelgusi darslarda inshaalloh hatto ko`pchilik Xudoni inkor qiluvchilarning o`zlari ham e`tiqodga egaliklarini lekin ular Xudoning otini boshqacha ataganliklarining shohidi bo`lamiz. Ular Xudoning sifatlarini tabiatga taqaydilar. Masalan, moddiygarlarning aytishiga qaraganda, agar tabiat insonga ikkita buyrak ato etgan bo`lsa bu shuning uchundirki, biri ishdan chiqsa ikkinchisi kunga yaraydi, tabiat bejizga ikkita buyrak bermagan. Yuqorida aytilganlardan natija qilib aytishimiz mumkinki, xudoga bo`lgan ishq jonlarimizda bo`lgan va shunday bo`lib qoladi. Xudoga bo`lgan iymon shu`lasi qalb va ruhlarimizni isitib turadi. Allohni tanish uchun uzundan uzun yo`llarni bosib o`tiushga hojatimiz yo`qdir, faqat qalbimiz tubiga nazar tashlasak bas, Ul Zotni u yrdan topa olamiz. Qur`oni Karimda aytilishicha



1