Qabr siqib qo’yishi haqida5. Juma kunida o’lgan odam uchun birinchi kecha osonroq kechadi. 6. Qabr ustiga sepiladigan suv; ya’ni mayyit qabrga qo’yilib ko’milib bo’lganidan keyin, bir odam qibla tarafga qaragan holda turadi va idishdagi suvni mayyit bosh tarafidan boshlab oyog’I tarafga suv quyadi. Xuddishunday qilib oyog’I tarafdan boshlab, boshi tarafga suv quyadi va agar yana suvi qolgan bo’lsa, qabr o’rtasiga suv quyadi. Bu ishni to 40 kungacha qilish mustahab hisoblanadi. Bu haqida hazrat rasululloh (saov)dan hadis naql qilingandir. 7. Ba’zi suralarni tilovat qilib turish. Masalan, Ali (a.s)dan naql qilingan hadisga ko’ra, juma kunlari Niso surasini o’qib turish qabr azobidan qutqarar emish. Shunga o’xshash hadislar Yasin, Zuxruf suralari haqida ham kelgandir. Albatta yuqoridagi aytilgan omillarni yana davom ettirishimiz mumkin. Ammo aytilganlarning o’zini ham amalga oshira olsak ham qabr siqib qo’yishi, degan dahshatli azobdan qutilar ekanmiz, o’z hayotimizda uni amalga oshirishga harakat qilishimiz kerak. Alloh hammamizning o’tganlarimizni va o’zlarimizni ham qabr azobidan asrasin! Omin!
|