Qabr siqib qo’yishi haqida



Ko’pchligimiz qabrga qo’yilganda uning bir siqib qo’yishi haq ekanligi haqida eshitganmiz. Uning qay suratda amalga oshishi haqida esa turli nazarlar bor. Buyuk olim Falsafiyning fikricha, qabr ezishi haqida gap  ketganida qabr torayib mayyitni siqishini tushunish kerak emas, balki qabr siqishi bu qabr andozasi o’zgarmagan holda, mayyitning g’aybiy kuchlar tarafidan siqilishidir, degandi.

 Odamlar  qabr siqishi qanday bo’lishiga qiziqqanliklaritufayli hatto ba’zi mayyitlarning og’ziga un solib ko’rganlar va ertasiga borib qabrni ochib qaraganlar. (chunki agarqabr mayyitni ezadigan bo’lsa,mayyit og’zidagi un bosim ostida tashqariga otilib ketishi lozim bo’lardi). Ammo ne ko’z bilan ko’rsinlarki, mayyitning og’zidagi un qimirlamay turibdi. Bu jihatdan olib qarasa, Falsafiy ilgari surgan g’oyato’griroqdek ko’rinadi.

Imom Sodiq (a.s) dan dorga osib o’ldirilganlar, yoki oyog’iga tosh bog’lab suvga cho’ktirilgan odamlarni qabr siqmaydimi?- deb so’rashganda, imom bunday deb javob bergan edi:

-         Yer Allohning mulki bo’lgani kabi havo va suv ham Allohning mulkidir. Shuning uchun dorga osilganlarni havo siqsa, suvga cho’kkani esa suv siqadi.

Ammo nima bo’lganda ham qanday suratda yuz berishidan qat’Iy nazar, qabr siqib qo’yishligi haqdir va ba’zilarning bu azobdan omonda bo’lishlari ham haqdir. Ya’ni ba’zi bandalar o’lgandan keyin qabr siqish azobidan omonda bo’ladilar. Qabr siqishiqay yo’sinda amalga oshishini bilish muhim emas, balki muhim narsa – bu qabr siqib qo’yishidan saqlaydigan omillar nima ekanligini tanishimiz va unga iloji boricha amal qilmog’imiz lozimligidir. 

Quyida bu omillarning ba’zilarini sanab o’tamiz:

1.     Kechasio’qiladigan nafl namoz. Imom Rizo (a.s)dan naql qilinadi: Kimki kechasi o’qiydigan namozi qunutida yetmish bor istig’for etsa, qabr azobidan omonda bo’ladi.

2.    Namozdagi ruku’ni maromiga yetkazish. Imom Boqir (a.s) aytgan edi: Kim namozlarida ruku’ni maromiga yetkazadigan bo’lsa, qabr dahshatlaridan omonda bo’ladi.

3.    Rasuli akram (saov) marhamat qilib aytdilar: Alloh bandalariga eng qiyin soat bu qabrda kechadigan birinchi tunidir. Sadaqa berib turish bilan o’zingizni undan qutqaringlar.

4.    Mayyit uchun yaqinlari tarafidan o’qiladigan qabr namozidir.



1