Nima uchun namoz o’qiymiz?



Inson bu dunyoda yashar ekan g’aflatga boshlovchi omillar majmuasi qurshovida bo’lib, unga kimligini v anima uchun yaratilganligini eslatuvchiga muhtojdir. Ana shunday ulkan “eslatuvchilik” vazifasini o’qiladigan namoz bajaradi.

Inson o’zaro qarama-qarshi ikki qirraga ega bo’lib, bir tarafi ruhi bo’lib, ikkinchi qismi esa moddiy jismi yoki boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, badanidir. Inson yashar ekan, jismi hayotini davom ettirishi uchun ba’zi narsalarga (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va …) muhtoj bo’lgani singari ruhi ham hayotini davom ettirishi uchun ba’zi narsalarga muhtojdir. Inson qalbining tirik qolishligi uchun oziqlanishga muhtoj bo’lib, qalb ozug’I – bu namozdir.

Boshqa tarafdan esa, Alloh Taolo bilan bo’ladigan aloqa – bu namoz orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun Xudo bilan gaplashish – namoz o’qish orqali amalga oshadi.  Shuning uchun namoz haqida so’z ketgandahadislarda, Allohni tanigandan keyin bandaning qiladigan eng afzal amali – bu namoz o’qishidir, deyilgandir.

Qur’oni karimning judako’poyatlarda namoz o’qish kerakligi haqida qayta-qayta aytilgandir.ammo quyidagi oyatlarga diqqat qilaylik:

قَدْ أَفْلَحَ الْمُؤْمِنُونَ (1) الَّذِينَ هُمْ فِي صَلَاتِهِمْ خَاشِعُونَ (2) وَالَّذِينَ هُمْ عَنِ اللَّغْوِ مُعْرِضُونَ (3) وَالَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَاةِ فَاعِلُونَ (4) وَالَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَافِظُونَ (5) إِلَّا عَلَى أَزْوَاجِهِمْ أوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ (6) فَمَنِ ابْتَغَى وَرَاء ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْعَادُونَ (7) وَالَّذِينَ هُمْ لِأَمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ (8) وَالَّذِينَ هُمْ عَلَى صَلَوَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ (9) أُوْلَئِكَ هُمُ الْوَارِثُونَ (10) الَّذِينَ يَرِثُونَ الْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ (11(

   23.1 . Mo'minlar najot topdilar.

23.2 . Ular namozlarida kamtardirlar.

23.3 . Ular behuda (so'z va ishlar)dan yuz o'giruvchidirlar.

23.4 . Ular zakotni ado etuvchidirlar.

23.5 . Ular avratlarini (haromdan) saqlovchi kishilardir.



1 next