Nima uchun namoz o’qiymiz?23.6 . Illo, o'z jufti halollari va qo'l ostidagilar (cho'rilar) bundan mustasnodir. Bas, albatta, ular malomat qilinuvchi emaslar. 23.7 . Bas, kimki shundan o'zgani (harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchilardir. 23.8 . Ular (mo'minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o'zaro) ahdlariga rioya etuvchi zotlardir. 23.9 . Ular namozlarini asraguvchi (vaqtida ado etuvchi)lardir. 23.10 . Aynan o'shalar, merosxo'rlardir, 23.11 . Firdavs (jannati)ga voris bo'lishib, u yerda ular mangu qoluvchidirlar. (Mo’minun surasi, 1-11 oyatlar). Yuqoridagi oyatlardamo’min bandalarning sifatlari keltirilgan bo’lib, bu sifatlarning eng ko’zgako’ringani bu ularning namozxonliklaridir. Shunday qilib, namoz – bu bandaning Robbisi bilan bo’ladigan robitasi, insonni tarbiyalovchi amal, va uni kamolot sari yetaklovchi ibodatdir.
|