0-3 - DarsUCHINCHI DARSXUDONI TANISHNING IKKI ISHONCHLI YO`LIXudoni tanish yo`llari haqida hozirgi davrga qadar juda ko`plab kitoblar yozilgandir. Donishmandlar va boshqalar orasida ko`plab munozaralar bo`lib o`tgandir. Har kim bu yo`lda o`zining usulini taklif etar edi. Lekin hamma usullardan ko`ra eng yaxshisi ikki yo`ldir: 1. ichki yo`l yoki qalbga quloq solmoq yo`li; 2. tashqi yo`l; birinchi yo`lda o`zimizning ichimizga chuqur nazar solib qalbimizdagi tavhid nidosini jonimiz bilan eshitishimizdir; ikkinchisida esa keng olamga ibrat ko`zi bilan boqib Allohning nishonalarini unda ko`ramiz. Har bir mushohada qilgan zarrachalarda ham Uni ko`ramiz. Har ikki yo`l haqida bahslashish ko`p vaqt talab qiladi, shuning uchun biz faqat qisqa bu mavzuda suhbat qilamiz. Ichki yo`l yoki qalbingga quloq solish; 1. Donishmandlarning aytishicha har qanday odam qaysi toifaga tegishli bo`lishidan qat`iy nazar agar o`z holiga tashlab qo`yilsa va hech qanday ta`limsiz qolsa ham o`z o`zidan parvardigor tomon tortadigan qudratni his qilishi mumkin. U qalbining tubidan otilib chiqadigan mehrli va latif nidoni tuyishi mumkin. Bu sado uni parvardigori taraf yo`llaydi. Bu fitratdan chiqadigan pok sadodir. 2. Bu dunyodagi turli tashvishlar odamni ovora qilib qo`yishi mumkin, natijada odam fitratining pok sadosini eshitmay g`ofil qolishi mumkin. Lekin biron –bir qiyinchilik yoki musibatga, turli tabiiy ofatlarga,halokatga uchrayotgan tayyorada ketayotganda yoki shunga o`xshash xavfli vaziyatga duchor bo`lganida dunyodagi moddiy ko`maklardan umidi uzilganida qalbidagi fitriy sado qalbiga orom bag`ishlaydi. Odam bu sado qudratlilarning qudratlisi tomon undaydi. Hamma qiyinchiliklar bu qudratlar qarshisida oson hal bo`lishini his qiladi. Hayotda og`ir ahvolga tushib qolgan odamning yuqoridagi holatga tushmasligi maholdir. Odam beehtiyor Xudoga yuzlanib Unga yolvorishni boshlaydi. Shunda Xudoning insonga naqadar yaqin ekanligi bilinadi. Albatta qalb nidosi hamisha qalbda bordir, lekin qiyinchilik davrida uning ovozi balandroq eshitiladi. 3. Tarixning guvohlik berishicha, hotirjamlikda kun kechirgan qudrat egalari hatto Xudoning otini og`izga olishdan ham ibo qilishgan. Lekin qudratlarini tahdid ostida ko`rsalar yoki qasrlari qulayotganini ko`rganlarida qalb nidolarini aniq eshitishgan. Masalan, Fir`avn to`lqinlar ichra g`arq bo`layotganida va o`zini nochor holda topganida, dalalarga baraka beruvchi suvning o`lim farmonini keltirayotganini ko`rganida bir qancha kichik to`lqinlar qarshisida ham ojiz qoldi ana shunda faryod qilib dedi: endilikda e`tirof qilib aytamanki, Musoning buyuk Xudosidan o`zga iloh yo`qdir! Bu faryod aslida Fir`avnning qalbidan otilib chiqqan fitriy nido edi. Nafaqat Fir`avn balki har qanday boshqa odam ham shunday sharoitda qalb nidosini eshita oladi. 4. Har vaqt qalbingizning tubiga nazar solsangiz u yerda Xudo tarafga chaqiruvchi nur borligini ko`rishingiz mumkin. Balki biron qiyinchilikka duch kelib hamma yerdan noumid bo`lganingizda siz ham shunday holatga tushgan bo`lishingiz mumkin. Bunday lahzalarda tanho umid va Unga bo`lgan ishqingiz qalbingizga oro bergan bo`lsa ajab emas. Faqat birgina savol:
|