0-1 - Dars



BIRINCHI DARS

XUDONI TANISH

Nima uchun olamning yaratuvchisi haqida fikr yuritamiz?

1. Dunyoning yaratilishi haqida bilishga intilish fitratimizda bordir.

Har bir inson quyidagi savollarga javob olishni istaydi: bu bepoyon osmon va uning zebo yulduzlari, bu keng zamin va undagi go`zalliklar qayerdan kelgan?  Bu chiroyli manzaralarning mohir rassomi kimdir?  Men o`zi qayerdan keldim? Qayerda va nima uchun yashayapman? Qayerga ketajakman? Yuqoridagi savollarning oxirgi uchtasiga javob topa olsak naqadar xushbaxt bo`lar edik. Bizning hamma narsani bilishni yoqtiradigan ruhimiz bizga” orom o`tirmay javobini top”- deb undayotganday bo`ladi. Ba`zan yo`l harakati hodisasiga uchragan haydovchini kasalxonaga eltib qo`yishganida  bir oz o`ziga kelgan haydovchi  birinchi so`raydigan narsasi “ Men qayerdaman? Nega meni bu yerga keltirishdi? Bu yerdan qachon ketaman?”
 bu savollar qarshisida jim o`tira olmaslik inson uchun tabiiy holdir. Shunday ekan insonni olamning yaratuvchisi tomon yo`l
laydigan omil ham ana shunday tinib tinchimas bilishga tashna ruhdir.

2. Shukr qilish hissiyoti

Faraz qilingki, sizni obruli bir xonadonga mehmondorchilikka da`vat qilishdi. U yerda sizning rohatingizni o`ylab hamma narsani taht qilib qo`yishgan bo`lsa, lekin siz bu ziyofatga akangiz orqali taklif etilgan bo`lib uy egasini yaxshi tanimaysiz deylik, u holda sizni shunchalik izzat-ikrom bilan kutib olgan xonadon sohibini tanib unga  minnatdorchilik izhor qilishni istashingiz tabiiydir. Xuddi shunday biz insonlar ham bu dunyodagi nozu-ne`matlarga to`la dasturxonning mehmoni ekanmiz , eshitguvchi quloq, ko`ruvchi ko`z, aql-hush, kuch-qudrat, turli pok pokiza rizq-ro`z sohibi bo`lar ekanmiz bu ne`matlar sohibini tanishni istaymiz va unga o`zimizning minnatdorchiligimizni bildirib qo`ygimiz keladi.

3. Zarar va foydani o`zaro solishtirish;

Faraz qilingki siz bir yo`lovchisiz. Chorrahaga yetib kelganingizda har tarafdan bu yerda to`xtab turma, yur- degan ovozlar eshitilib turibdi, zero u yerda turmoq xatarlidir. Lekin shu bilan birga hamma o`zi turgan tarafga chaqirib u yo`lning eng yaxshi ekanligini aytadi. Shunday bir holatga tushib qolganimizda o`zimizga “Qaysi yo`l bilan bo`lsa ham ketaver” deb ayta olamizmi? Yoki aqlimizga usha yerda qimirlamay turish kerak, degan fikrni sig`dira olamizmi? Albatta, yo`q!

Qaytanga aqlimiz bizga tezroq surishtirib har bir tarafning aytganlarini tarozuga solib keyin bir to`xtamga kelish kerakligini buyuradi va tanlagan yo`limizdan olg`a ketmoqni amr qiladi.



1