0-1 - DarsBIRINCHI DARS XUDONI TANISH Nima uchun olamning yaratuvchisi haqida fikr yuritamiz? 1. Dunyoning yaratilishi haqida bilishga intilish fitratimizda bordir. Har bir inson quyidagi savollarga javob olishni istaydi: bu bepoyon osmon va uning zebo yulduzlari, bu keng zamin va undagi go`zalliklar qayerdan kelgan? Bu chiroyli manzaralarning mohir rassomi kimdir? Men o`zi qayerdan keldim? Qayerda va nima uchun yashayapman? Qayerga ketajakman? Yuqoridagi savollarning oxirgi uchtasiga javob topa olsak naqadar xushbaxt bo`lar edik. Bizning hamma narsani bilishni yoqtiradigan ruhimiz bizga†orom o`tirmay javobini topâ€Â- deb undayotganday bo`ladi. Ba`zan yo`l harakati hodisasiga uchragan haydovchini kasalxonaga eltib qo`yishganida bir oz o`ziga kelgan haydovchi birinchi so`raydigan narsasi “ Men qayerdaman? Nega meni bu yerga keltirishdi? Bu yerdan qachon ketaman?†2. Shukr qilish hissiyoti Faraz qilingki, sizni obruli bir xonadonga mehmondorchilikka da`vat qilishdi. U yerda sizning rohatingizni o`ylab hamma narsani taht qilib qo`yishgan bo`lsa, lekin siz bu ziyofatga akangiz orqali taklif etilgan bo`lib uy egasini yaxshi tanimaysiz deylik, u holda sizni shunchalik izzat-ikrom bilan kutib olgan xonadon sohibini tanib unga minnatdorchilik izhor qilishni istashingiz tabiiydir. Xuddi shunday biz insonlar ham bu dunyodagi nozu-ne`matlarga to`la dasturxonning mehmoni ekanmiz , eshitguvchi quloq, ko`ruvchi ko`z, aql-hush, kuch-qudrat, turli pok pokiza rizq-ro`z sohibi bo`lar ekanmiz bu ne`matlar sohibini tanishni istaymiz va unga o`zimizning minnatdorchiligimizni bildirib qo`ygimiz keladi. 3. Zarar va foydani o`zaro solishtirish; Faraz qilingki siz bir yo`lovchisiz. Chorrahaga yetib kelganingizda har tarafdan bu yerda to`xtab turma, yur- degan ovozlar eshitilib turibdi, zero u yerda turmoq xatarlidir. Lekin shu bilan birga hamma o`zi turgan tarafga chaqirib u yo`lning eng yaxshi ekanligini aytadi. Shunday bir holatga tushib qolganimizda o`zimizga “Qaysi yo`l bilan bo`lsa ham ketaver†deb ayta olamizmi? Yoki aqlimizga usha yerda qimirlamay turish kerak, degan fikrni sig`dira olamizmi? Albatta, yo`q! Qaytanga aqlimiz bizga tezroq surishtirib har bir tarafning aytganlarini tarozuga solib keyin bir to`xtamga kelish kerakligini buyuradi va tanlagan yo`limizdan olg`a ketmoqni amr qiladi.
|