Mashhurlar ta'lim va tarbiya haqidawww.hidoyat.comBirovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lganidan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak. Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda. Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi. Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur. O'qitish ikki baravar o'qish demakdir. Tarbiyadagi eng katta xato o'ta shoshqaloqlikdir. Qiyin fanlar yo'q, faqat hazm etilishi qiyin bo'lgan izohlargina bor. Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir. Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi. Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir. Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar. O'rgatmoq uchun so'kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas. Kimki hech narsani qiziqib so'ramasa, hech narsani o'rganmaydi ham. Faqat diqqat qilgan odamgina xotirasida saqlay oladi. Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o'rganadi va shu yo'l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.
|