ONALAR – MEHR BULOG’IDIRLARUmmul mo’minin hazrat Oyishadan naql qilinadi: Kunlardan bir kuni uyimizga bir tilanchi ayol yegulik so’rab keldi. Uning yonida ikkita bolasi ham bor edi. Men unga (boshqa yeguligimiz yo’qligi uchun) uch dona xurmo berdim. Shunda u ikkita xurmoni ikki bolasiga berib, birini o’zi yemoqchi edi, ammo bolalari o’z ulushlarini tez yeb bo’lib, qorinl;ari to’ymaganligini onalariga aytishdi. Bechora ona o’z xurmosini yemay, uni ikkiga bo’ldi-da ikkala bolasiga berdi. Men bu mojaroni tomosha qilib turdim-da, so’ngra ko’rganlarimni hazrat rasululloh (saov)ga aytib berdim. Shunda ul zot “Onaning shunchalik mehribonligidan taajubga tushdingmi? Onalarning ana shunday rahmli va mehribonliklari uchun Alloh ularga savob yozadiâ€. Hadisdan olinadigan natijalar: 1. Hazrat rasululloh (saov) xonadonlarining soda hayot kechirishlari (uch dona xurmo sadaqa qilinganligi bunga dalolat qiladi); 2. Yordam so’rab kelganlarga yo’q demay, uch dona xurmo berib bo’lsa ham ko’nglini olish kerakligi; 3. Onalarning farzandlariga o’ta mehribon bo’lishlari; 4. Bolasiga rahm qilganga Alloh Taolo rahm qiladi; www.Hidoyat.org – saytidan olindi!
|