BOLA KO'ZNING QORACHIG'I



u Alloh taolo Quroni Karimda: «Ey Robbimiz! Bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko'z qorachig'imizni – ko'zimizga quvonch bo'ladigan narsani bergin», degani shu ekanini ham bilardi» - dedi».

Sharh: Demak, jufti haloli o'ziga mos bo'lsa, iymon-islomda bo'lsa, toat-ibodatli bo'lsa, bunday jufti halol musulmon odamning ko'z quvonchi bo'ladi.

Zurriyotlar ham iymonli, ibodatli bo'lsa, taqvoli bo'lsa, ularni ko'rib musulmon ota-onaning ko'zi quvnaydi. Aks holda, bu ahvolida do'zahga tushadi, deb qayg'urayotgan ota-ona hech qachon quvonmaydi. Demak, bola ko'zning quvonchi bo'lishi uchun, iymonda, islomda bo'lishi, shariatda bo'lishi kerak ekan.

Bu rivoyatdagi bobga bog'lik joy bolaning ko'z qorachig'i ekanligi haqidagi oyati karimadan keltirilgan iqtibosdir.

Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar:

1. O'zi yashab turgan vaqtdan oldin o'tgan vaqtda bo'lishni orzu qilish yahshi emasligi. Chunki unda holi nima bo'lishi nomalum.

2. Alloh taologa banda u zot uni O'zini taniydigan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan narsalarni tasdiqlaydiganlardan qilib qo'ygani uchun hamd aytib turishi lozimligi.

3. Muhammad sollallohu alayhi vasallam eng qiyin va murakkab davrda Payg'ambar etib yuborilganlari.

4. Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqni botildan ajratadigan Furqon – farqlovchi bilan kelganlari.

5. Islomdan oldin mushriklar butlarga ibodat qilishdan afzal ibodat yo'q deb yurganlari.

6. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yangi Payg'ambar bo'lganlarida bir oilada birov mo'min bo'lsa, uning otasi, bolasi, aka-ukasi kofir bo'lgan hollari bo'lgani.

7. Alloh taolo qalbi qulfini iymonga ochgan kishilar o'z yaqinining do'zahga tushishini bilgani uchun tashvishda bo'lganlari.

8. jufti halollar qo'z qorachig'i-quvonchi bo'lishi.

9. Zurriyotlar qo'z qorachig'i-quvonchi bo'lishi.

www.Hidoyat.org – saytidan olindi!



back 1 2